“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 22:09
ЎЗO‘Z

Prezident gidroponika usulidagi issiqxonani ko‘zdan kechirdi (foto)

19 fev, 22:10 6 161 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident gidroponika usulidagi issiqxonani ko‘zdan kechirdi (foto) Davlatimiz rahbari Xovos tumanidagi “Gran ruta de la seda” korxonasining gidroponika usulidagi issiqxonasini ko‘zdan kechirdi, deb xabar berdi Prezident matbuot ximati.

Xovos tumanining yeri sho‘r, ekinlardan yuqori hosil olish qiyin. Shu bois bu yerda gidroponika usulida issiqxonalar barpo etilmoqda. Bunday issiqxonalar suvni tejashi, hosildorligi bilan ajralib turadi.

Mutaxassislarning fikricha, oddiy usulda yetishtirilayotgan pomidor ko‘chatlaridan 3 kilogramm hosil olinsa, gidroponika usulida hosildorlik 12 kilogrammni tashkil etadi. Ekinlarning pishib yetilishi 25-30 kunga qisqaradi.

Mazkur issiqxonalarda Gollandiyadan serhosil pomidor va bodring navlari keltirib, ekilgan. Ayni paytda bu mahsulotlar gidroponika usulida yetishtirilmoqda. Bu yerdagi barcha jarayon to‘liq avtomatlashtirilgan.

Gidroponika usulidagi issiqxonada Koreya Respublikasidan zamonaviy jihozlar keltirib o‘rnatildi. Issiqxonadagi harorat, o‘simlikning suv va ozuqaga talabi chuqur tahlil orqali aniqlanadi. Turli minerallar bilan boyitilgan suv tomchilatish usulida o‘simlik ildiziga yetkaziladi.

Dastlab 2017 yilda 1 gektar maydonda issiqxona qurilib, 18 ta yangi ish o‘rni yaratildi, 1,5 milliard so‘mlik pomidor yetishtirildi. 2018-2019 yillarda yana 9 gektar issiqxona ishga tushirildi. Ish o‘rinlari 120 taga yetdi.

Umumiy maydoni o‘n gektar bo‘lgan issiqxonada yiliga 1 ming 500 tonna pomidor yetishtiriladi. Shuningdek, 2 million dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish ko‘zda tutilgan.

Korxona tomonidan joriy yilning uchinchi choragida yana 10 gektar issiqxonani ishga tushirish rejalashtirilgan. Natijada 1,5 ming tonna mahsulot ishlab chiqariladi, 100 ish o‘rni yaratiladi.

Shavkat Mirziyoyev bunday issiqxonalarni kengaytirish, mahsulot yetishtirish uchun zarur materiallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 20
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 33
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 57
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 54
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 33
  • So'nggi yangiliklar
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 63
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 32
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 42
  • Bo‘limlar