“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 16:11
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston fuqaroligini berishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadi

13 fev, 10:35 4 476 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston fuqaroligini berishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadi O‘zbekistonda “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida” yangi tahrirdagi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida shu haqda aytilgan.

Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 25 oktyabrdagi PQ-3982-son qarorining 2-bandini inobatga olgan holda:

- O‘zbekiston Respublikasining xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi;
- fuqarolik masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning normalarini yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan qonun hujjatlariga o‘tkazish;
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi normalarni belgilash;
- O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini berishning soddalashtirilgan tartibini joriy qilishni nazarda tutadi.

Qayd etilishicha, qonunning qabul qilinishi fuqarolikka kirish va chiqish bilan bog‘liq jarayonni soddalashtirish asosida fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi.

Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas’ul ijrochilar - Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2019 yil 1 iyun, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2019 yil 1 iyul.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 0
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 96
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 58
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 41
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 59
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 67
  • So'nggi yangiliklar
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 4
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 80
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 18
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 96
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 158
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 72
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 243
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 285
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 181
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 84
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 44
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 297
  • Bo‘limlar