“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 20:14
ЎЗO‘Z

Otchopar-2 mahallasi yirik biznes markazga aylanmoqda, hudud aholisi koʻchiriladi

12 fev, 10:00 5 329 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Otchopar-2 mahallasi yirik biznes markazga aylanmoqda, hudud aholisi koʻchiriladi Toshkent shahri Yunusobod tumani Otchopar-2 mahallasida yangi biznes markazi quriladi. Bu haqda Yunusabad Business Cityʻda vaqtinchalik direktor vazifasini bajaruvchi Umid Umarov maʼlum qilgan.

“Aholini joylashtirish boʻyicha harakat rejasini boshladik. Zamonaviy uy–joylarni barpo etish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda”, – degan Umid Umarov “BUSINESS CITY” loyihalarining taqdimoti vaqtida.

Kun.uz nashri xabar qilishicha, mahalliy aholiga ikki hududdagi turar-joylar taklif etiladi. Ular Sergeli tumanidagi yangi koʻp qavatli xonadonlarga yoki Yunusobod tumanidagi 20 gektar maydonli turar-joyga koʻchishlari mumkin boʻladi.

Otchopar-2 mahallasida odatiy ikki qavatli kottej uylar barpo etiladi. Shuningdek, uyning oʻrniga kompensatsiya toʻlovini ham qabul qilish mumkin.

Yunusabad Business City 45,5 gektar maydonda qurilishi rejalashtirilgan. U savdo majmualari, biznes ofislari, koʻngilochar bogʻlar, turar-joylar va boshqa obyektlardan iborat boʻladi.

Boshlangʻich hisob-kitoblarga koʻra, loyiha qiymati 500 million dollarni tashkil etib, u 2019-2023 yillar davomida amalga oshiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 3
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 41
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 150
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 56
  • So'nggi yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 2
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 40
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 309
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 58
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 221
  • Bo‘limlar