“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 21:54
ЎЗO‘Z

“Raqamingizni ayting, hoziroq klik qivoraman”

11 fev, 21:39 7 476 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Raqamingizni ayting, hoziroq klik qivoraman” Avtobusda konduktorning shang‘illagan ovozi eshitildi. O‘sha tomonga qaradim. Ko‘rinishidan talaba bir yigit bilan tortishyapti:
– Ertalab shoshilganda cho‘ntakka pul solish esdan chiqibdi.
– Erkak kishi, pulingga qarab keyin chiqsang bo‘lmaydimi?
– Opa, uzr, telefonimda Click bor. Raqamingizni bering, o‘tkazvoraman.
– Klik-mlikingni boshimga uramanmi, pulni to‘la!
Konduktorning oldiga borib, pulni men to‘lab yuborishimni aytdim.
– Yo‘q, o‘zi to‘lasin, bular o‘zi shunaqa. Doim shunaqa qiladi...
Yigit rahmat aytdi. "Raqamingizni ayting, hoziroq klik qivoraman", dedi. Yo‘q dedim.
* * *
O‘zim ham bunaqa holatga tushganman. Yaxshiyamki, konduktor oldimga kelmagan. Do‘stimga qo‘ng‘iroq qilib bekatga pul bilan chiqib turishini so‘raganman. Bir marta yo‘lovchilardan biri mendan chipta uchun naqd pul berib tursam, plastik yoki telefonga o‘tkazib yuborishimni so‘ragan.
* * *
Birinchi marta Turkiyaga borganimda, karta sotib olishni, transport bilan bog‘liq tartib-qoidalarni bilmasdim. Birinchi marta metroga tusharkanman, yo‘lovchilardan jetonni qayerdan sotib olish kerakligini so‘radim. Bir turk yigiti "Kel, kel" dedi-da, plastigini turniketga ikki marta tekizib, o‘taver dedi. Tushunmay, "qardosh, necha pul bo‘ldi?" deb cho‘ntak kovlayotgandim, yigit "kerak emas, sog‘ bo‘l" deb ketib qoldi.

Ikkinchi marta tramvayga tushishda jeton oladigan joy qidirdim. Pul soladigan joyiga o‘n liralik tiqsam, qabul qilmadi. Nima qilay ekan, deb tursam, bir o‘rta yoshli kishi keldi-da, "yur, qardoshim" deb plastigidan o‘tkazib yubordi. Unga rahmat aytib, "pulingizni to‘lay" degandim, "yo‘q, duo qilib qo‘ysang bo‘ldi" dedi. Boshqacha bo‘lib ketdim.

Keyin o‘zim ham transport plastik kartasidan sotib oldim. Bir marta avtobusda menga ham bir talaba murojaat qildi. Kartasida pul qolmagan ekan, to‘lab yubordim.

Bu tabiiy holat, janjal yo‘q, to‘polon yo‘q. Hamma xursand. Yuqoridagi voqeadan so‘ng shu yodimga tushgandi.
Davronbek TOJIALIYeV

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 57
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 29
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 72
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 104
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 33
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 108
  • So'nggi yangiliklar
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 0
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 0
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 1
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 10
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 97
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 57
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 101
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 55
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 43
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 137
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 70
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 22
  • Bo‘limlar