“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 22:16
ЎЗO‘Z

Harbiy pensionerlar endi jamoat tartibini saqlashga jalb etiladi

08 fev, 21:56 5 547 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Harbiy pensionerlar endi jamoat tartibini saqlashga jalb etiladi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari tomonidan jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi xizmatlarni ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligining 2019 yil 1 maydan:

2020 yil may oyiga qadar Toshkent viloyatida tajriba tariqasida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq ommaviy tadbirlarga shu jumladan, qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan tadbirlarga (jamoat tadbirlariga) Ichki ishlar va Mudofaa vazirliklarining ishlamaydigan pensionerlarini 2 haftadan kam bo‘lmagan, lekin 6 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga shartnoma asosida jalb etish;

pensionerlarga shartnoma asosida haq to‘lashni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanishi mumkin.

Jamoat tartibini saqlash bilan bog‘liq ommaviy tadbirlarga, shu jumladan qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan jamoat tadbirlariga jalb etilgan pensionerlarining ish haqi to‘lovi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 oktyabrdagi 799-son qarori bilan tasdiqlangan «Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida nizom»da belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Belgilanishicha, Toshkent viloyatida pensionerlarni jamoat tadbirlariga jamg‘arma hisobidan jalb etish quyidagilarni hisobga olgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi:

a) Toshkent viloyati tuman (shahar)lari ichki ishlar bo‘limlari:
- pensionerlarni jamoat tadbirlariga jalb etishda buyurtmachi sifatida ishtirok etadilar;
- pensionerlar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini o‘tkazadilar hamda jamoat tadbirlarida ishtirok etish istagini bildirgan pensionerlarning ro‘yxatini yuritadilar;
- jamoat tadbiri boshlanishidan kamida o‘n besh kun oldin buyurtmani shakllantirib, Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasiga taqdim etadilar;
- pensionerlar bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma tuzadilar;

b) Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi:
- tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlaridan kelib tushgan buyurtmalarni umumlashtirib, jamoat tadbirlari ro‘yxatini shakllantiradi;
- yig‘ma buyurtmani tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga taqdim etadi;
- tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari bilan jamoat tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi;
- tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga o‘tgan oy uchun jamoat tadbirlarida ishtirok etgan pensionerlarni amalda qatnashgan kunlari bo‘yicha tasdiqlangan tabel va ish haqi hisoblanganligi bo‘yicha qaydnomalarni taqdim etadi;
- tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan shartnomaga asosan jamoat tadbirlariga jalb etilgan pensionerlarning ish haqi uchun o‘tkazilgan to‘lovlarni pensionerlarga o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 119
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 88
  • So'nggi yangiliklar
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 4
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 11
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 36
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 20
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 31
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 60
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 28
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 131
  • Bo‘limlar