“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 21:26
ЎЗO‘Z

Grin-karta olishning yangi yo‘li paydo bo‘ldi

07 fev, 09:37 6 639 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Grin-karta olishning yangi yo‘li paydo bo‘ldi Amerikaning bir necha yirik kompaniyalarining dunyoning istalgan burchagidan ish tajribasiga ega bo‘lmagan minglab odamlarni ishga olish haqida yuborgan talabnomasi AQSh mehnat departamenti tomonidan ma’qullandi. Bu haqda Daryo xabar berdi.
Unga ko‘ra fuqarolar Grin-karta orqali mamlakatga kelishi va ushbu kompaniyaga servis ishchisi sifatida kamida bir yil ishlab berishlari kerak bo‘ladi.

Bu usul biroz qimmatroq, lekin AQShdan tashqarida yashovchi istalgan kishi hatto ish tajribasi va ma’lumoti bo‘lmasa ham, yoki aksincha doktorlik darajasiga ega bo‘lsa, yirik kompaniyada farrosh sifatida bir yil davomida ishlab bersa 10 yillik Grin-karta olishi mumkin (yosh chegarasi 18-55 atrofida bo‘lishi talab etiladi).

Agar u oilali bo‘lsa, turmush o‘rtog‘i va 21 yoshdan kichik bo‘lgan barcha bolalari bilan birga kelishi mumkin. Biroq ulardan faqat bittasi ushbu dastur doirasida ishlab berishi kerak bo‘ladi. Ya’ni, turmush o‘rtog‘i boshqa istalgan joyda ishlashi mumkin.

Ushbu dastur doirasidagi ish haqi juda past. Minimal ish haqi soatiga 5,15 dollardan 12,5 dollarni tashkil etadi. Biroq ish vaqtidan tashqari ishlab, qo‘shimcha daromad topish mumkin.
Nima bo‘lgan taqdirda ham bu birinchi o‘rinda Grin-karta va keyinchalik Amerika fuqaroligini olish uchun muhim.

Shuningdek, xohishga ko‘ra boshqa ishda ishlash ham mumkin. Bir yillik mehnat shartnomasi tugaganidan keyin boshqa shtatga ko‘chib va boshqa ishda ishlashingiz mumkin.

Ushbu dastur uchun hujjatlar yig‘ishdan tortib, Mehnat va immigratsiya xizmati departamentidan barcha zaruriy ruxsatnomalarini olib, AQShga kelguncha taxminan yarim yil vaqt ketadi.
Bunda faqat sudlanmaganlik va qonun bilan bog‘liq hech qanday muammolarning yo‘qligi talab etiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 0
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 0
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 5
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 14
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 80
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 79
  • So'nggi yangiliklar
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 0
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 0
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 0
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 0
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 1
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 5
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 13
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 12
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 58
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 55
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 95
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 80
  • Bo‘limlar