“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 00:03
ЎЗO‘Z

Odilxon qori Toshkentdagi masjidlardan biriga imom bo‘ldi

01 fev, 21:25 7 267 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Odilxon qori Toshkentdagi masjidlardan biriga imom bo‘ldi «Shayx Zayniddin» (Ko‘kcha) jome masjidining sobiq imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li yana imomlik lavozimiga qaytarildi.

Kun.uz manbasi xabar berishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning buyrug‘i bilan Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, «Xo‘ja Alambardor» masjidiga (xalq tilida Kamolon masjidi) imom-xatib etib tayinlandi.

Odilxon qori 2018 yilning oktyabridan buyon O‘zbekiston Musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondining Diniy-ma’rifiy targ‘ibot bo‘limiga rahbar sifatida faoliyat yuritayotgan edi.

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li o‘z faoliyatini 1998–1999 yillarda Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi «Hazrati Umar» jome’ masjidida imom–xatib vazifasidan boshlagan. 1999–2000 yillarda Shayxontohur tumanidagi «Shayx Zayniddin» jome’ masjidida imom noibi vazifasida ishlagan. 2010 yildan Toshkent shahar bosh imom–xatibi o‘rinbosari, 2011 yildan 2018 yilning yozigacha Shayxontohur tumani bosh imom xatibi va «Shayx Zayniddin» jome’ masjidi imom–xatibi bo‘lib ishlagandi.

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘lining «Ozodalik imonning go‘zal bahosi», «Masjid odoblari», «Ro‘za tutish odoblari», «Haj manosiklari», «Isrofdan saqlanaylik», «Mehr - oqibat jannat garovidir» nomli risolalari chop etilgan. Uning eng mashhur kitoblari «Kibrdan saqlanaylik», «Jannat kaliti», «Qo‘shnichilik haqlari va odoblari» hisoblanadi.

«Xo‘ja Alambardor» masjidi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 198
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 65
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 104
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 147
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 42
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 121
  • So'nggi yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 0
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 2
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 14
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 24
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 32
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 80
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 72
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 101
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 345
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 120
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 61
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 36
  • Bo‘limlar