“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 10:15
ЎЗO‘Z

Ortiqxo‘jayev: "Nega men Akfa aksiyalarini berib yuborishim kerak?.."

31 yanv, 22:03 5 998 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ortiqxo‘jayev: "Nega men Akfa aksiyalarini berib yuborishim kerak?.." Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayev Tashkent City loyihasini amalga oshirishda ishtirok etayotgan kompaniyalarning ayrimlari uning Akfa kompaniyasiga tegishli ekanini tasdiqladi. Shu bilan birga, u hokim sifatida tayinlanayotganida Akfa Group holding kompaniyasi aksiyalarini sotish talab etilmaganini bildirdi. Ortiqxo‘jayev bu haqda Tashkent City loyihasiga doir tashkil etilgan matbuot anjumanida bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Kun.uz nashri.

Shahar hokimi OpenDemocracy saytida e’lon qilingan maqoladagi faktlar yuzasidan berilgan ochiqlovchi savolga javob berar ekan, Akfa holding kompaniyasi qimmatli qog‘ozlariga ega ekanini ta’kidladi. U, shuningdek, hokim bo‘lishi, aksiyalardan voz kechishini anglatmasligini bildirdi.

«Haqiqatdan Akfa 20 yillik kompaniyam. O‘zim tashkil etganman kompaniyani. To‘g‘risini aytsam, hokim bo‘lish tushimga ham kirmagan. Yarim soat oldin eshitganman hokim bo‘lishimni. Ammo, 20 yillik kompaniyani, to‘g‘risini aytaman, 31 ming ishchisi bilan shundoq tashlab ketish...

Men hokim bo‘lganimda, prezidentimiz shu yerda (kompaniyada-tahr.) orttirgan tajribalaringni, deb hokim sifatida tayinlaganlar. Kompaniya boshqaruvini boshqa insonlarga, shogirdlaringa tashlab ketgin, degan talab bo‘lgan. Lekin hissangni bergin, degan talab bo‘lmagan.

Agar, menda Boeing aksiyasi bo‘lsa, hokim bo‘lib, berib yuborishim kerakmi? Yoki Apple aksiyasi bo‘lsa qo‘limda, men ishni boshqarmayman u kompaniyada, hokim bo‘ldim, uni ham sotishim kerakmi?», - deya javob berdi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyaning OpenDemocracy sayti Tashkent City loyihasi tarkibida barpo etilayotgan 2ta turarjoy majmualarini sotish bilan shug‘ullanayotgan Dream City Development sayti J-United korxonasi nomiga ro‘yxatdan o‘tganini, bu yuridik shaxs esa, Ortiqxo‘jayevga tegishli ekani haqida yozgan edi.

Tashkent City loyihasi sarmoyadorlari orasida, Akfa Dream World kompaniyasi ham bo‘lib, u Congress Hall hamda 5 yulduzli Hilton mehmonxonasini barpo etmoqda. Ortiqxo‘jayevga ko‘ra, ushbu ikki bino barpo etilib, foydalanishga topshirilgach, davlatga beg‘araz topshiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 0
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 108
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 111
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 215
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 54
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 68
  • So'nggi yangiliklar
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 2
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi 05 мая, 09:51 8
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 42
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 108
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 409
  • Bo‘limlar