“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 12:57
ЎЗO‘Z

Maktablarda ta’lim jarayonini ota-onalar tomonidan onlayn kuzatish imkoniyatini yaratish taklif etilmoqda

31 yanv, 12:18 4 340 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Maktablarda ta’lim jarayonini ota-onalar tomonidan onlayn kuzatish imkoniyatini yaratish taklif etilmoqda “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiya jarayonini ota-onalar tomonidan onlayn kuzatish imkoniyatini yaratish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.

Qayd etilishicha, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiya jarayonini ota-onalar tomonidan onlayn kuzatishni yo‘lga qo‘yish kerak. Bunda ota-onalar o‘z qo‘l telefonlari, smartfonlari yoki kompyuterlaridan farzandining mashg‘ulotlardagi ishtirokini kuzatishi mumkin. Bu orqali har bir ota-ona o‘z farzandining maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida qanday ta’lim va tarbiya olayotganini, farzandiga qanday o‘qituvchi yoki tarbiyachilar dars berib, tarbiyalayotganligini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, o‘qituvchilar uchun qulayligi – o‘quvchi o‘zini ota-onasi kuzatib turganini his qilib turishi va darslarda o‘zini ko‘rsatishga harakat qilishidadir. O‘z navbatida darsni ota-onalar kuzatib turganligini his qilgan o‘qituvchi o‘z ustida ko‘proq ishlashga, o‘quvchilarga sifatli dars o‘tishga harakat qiladi.

“Hozirda ko‘plab maktab va bog‘chalarga video kuzatuv qurilmalari o‘rnatilgan. Ularning sonini oshirish (har bir mashg‘ulot xonasiga o‘rnatish) va ota-onalarning video kuzatuv qurilmalaridan masofaviy onlayn foydalanish imkoniyatini yaratish kerak”, – deb yozadi murojaat muallifi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 65
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 0
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 35
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 70
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 65
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 83
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 42
  • Bo‘limlar