“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 07:12
ЎЗO‘Z

Bozorlardagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari to‘g‘risida ma’lumot berildi

30 yanv, 20:46 5 454 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bozorlardagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari to‘g‘risida ma’lumot berildi Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi hududiy dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarning minimal-maksimal narxlari to‘g‘risida ma’lumot berdi (2019 yil 29 yanvar holatiga 1 kg. so‘mda).

Qayd etilishicha, mol go‘shtining eng qimmati Toshkent shahridagi «Mirobod dehqon bozori»da - 55 ming so‘m. Eng arzoni Nukus («Nukus dehqon bozori») va Toshkentda («Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori») - bir kilogrammi 28 ming so‘m.

Qo‘y go‘shtining eng qimmati Toshkentdagi «Farhod dehqon bozori» va «Eski jo‘va dehqon bozori»da (45 ming so‘m). Eng arzoni Toshkent shahridagi «Farhod dehqon bozori»da (28 ming so‘m).

Kartoshkaning eng qimmati Toshkent shahridagi «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (4000 so‘m). Eng arzoni Toshkentdagi «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori»da (1200 so‘m).

Piyozning eng qimmati Toshkent shahridagi «Oloy dehqon bozori»da (2000 so‘m). Eng arzoni Toshkentdagi «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da (500 so‘m).

Sabzining eng qimmati Toshkent shahridagi «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (3000 so‘m). Eng arzoni Andijon shahridagi «Yangibozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori» va Namangan shahridagi «Namangan chorsu dehqon universal bozori»da (1000 so‘m).

Tuxumning eng qimmati (10 dona) Toshkent shahridagi «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori» hamda «Eski jo‘va dehqon bozori»da (6000 so‘m). Eng arzoni Toshkentdagi «Farhod dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da (3000 so‘m).

Guruchning eng qimmati Toshkentdagi «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (17 000 so‘m). Eng arzoni Toshkent shahridagi «Eski jo‘va dehqon bozori», Nukus shahridagi «Nukus dehqon bozori», Andijon shahridagi «Yangibozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Jizzax shahridagi «Eski shahar dehqon bozori», «Jizzax markaziy dehqon bozori», Guliston shahridagi «Guliston dehqon bozori», Toshkentdagi «Eski jo‘va dehqon bozori»da (5000 so‘m).

O‘simlik yog‘ining eng qimmati Jizzax shahridagi «Eski shahar dehqon bozori», «Jizzax markaziy dehqon bozori»da (13 000 so‘m). Eng arzoni Andijon shahridagi «Yangibozor dehqon bozori»da (8000 so‘m).

Shakarning eng qimmati Termiz shahridagi «Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori», «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da (6000 so‘m). Eng arzoni Toshkent shahridagi «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (4500 so‘m).

Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal iste’mol narxlari ma’lumotlari tanlanma statistik kuzatuv tamoyillariga asosan olingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 61
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 323
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 101
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 106
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 84
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 1
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 1
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Bo‘limlar