“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 20:44
ЎЗO‘Z

17 yoshli qiz to‘rtinchi bor firibgarlik bilan qo‘lga olindi (video)

30 yanv, 16:00 5 008 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
17 yoshli qiz to‘rtinchi bor firibgarlik bilan qo‘lga olindi (video) 2001 yilda Navoiy viloyatining Karmana tumanida tug‘ilgan S.M. firibgarlik jinoyati bilan to‘rtinchi bor qo‘lga olindi. Bungacha u uch marotaba ushbu jinoyatni sodir etgan. Bu haqda "Zamon" iformatsion dasturida lavha tayyorlandi.

Ma’lum bo‘lishicha u oilasi bilan Namangan viloyatida istiqomat qilib kelgan. Surishtiruv jarayonida uning Namangan viloyatidagi 70-maktabda o‘qishi, sentyabr oyidan buyon darslarga qatnamayotgani ma’lum bo‘ldi.

17 yoshli o‘quvchi qiz S.M. 2018 yilning 7 dekabr kuni soat 11:30 larda Navoiy shahar «Savdo kompleksi» AJning markaziy buyum bozori hududida joylashgan 115-sonli savdo do‘konidan 5 million 660 ming so‘mlik ayollar tilla taqinchoqlarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, voqea joyidan qochib ketgan.

O‘sha kuni S.M. Navoiy shahridagi dehqon bozorida aravakashlik qilib yurgan J. ismli yigitga uy ishlarida yordam bersa, 20 ming so‘m pul berishini, yo‘l-yo‘lakay tilla buyumlar sotiladigan do‘kondan taqinchoq xarid qilish uchun kirishi kerakligini aytgan. Shu tariqa arava surib kun kechiradigan yigitni do‘konga olib kirgan va uni do‘kon sotuvchisiga ukasi sifatida tanishtirgan.

«Tillalarning haqiqiyligini do‘kon yonidagi zargarga olib borib tekshirtiraman, graminiyam o‘lchataman, ungacha ukam shu yerda o‘tirib turadi, deb sotuvchini aldab chiqib ketdim. Aravakash bolaning bu rejamdan xabari yo‘q edi. Unga suhbat paytida o‘zimning ukam haqida aytib bergandim, ukamni tanigandek bo‘ldi va meni jo‘rasining opasi deb o‘ylab, do‘konchiga uni ukam deb tanishtirganim uchun qarshilik qilmadi»,- dedi S.M.

Navoiy shahar IIOFMB 3-sonli IIB huzuridagi Tergov guruhi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, S.M. muqaddam 3 marotaba sudlangan. Unga Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi «b» bandi bilan 2 marta ayblov e’lon qilingan va qidiruvga berilgan.

Hozirda tergov surishtiruv jarayonlari davom etmoqda.
VIDEO




Mavzuga oid yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 4
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 41
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 150
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 56
  • So'nggi yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 2
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 40
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 309
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 58
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 221
  • Bo‘limlar