“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 19:37
ЎЗO‘Z

Bosqinchilardan birini xonadon egasi tutib oldi (video)

26 yanv, 16:10 6 006 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosqinchilardan birini xonadon egasi tutib oldi (video) Joriy yilning 16 yanvaridan 17 yanvariga oʻtar kechasi soat 2:30 da 6 nafar shaxslardan iborat jinoiy guruh yuzlariga niqob taqib Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi xonadonlardan biriga bostirib kiradi. Ular qoʻllariga qoʻlqop va temir boʻlagi hamda yogʻochdan yasalgan tayoq bilan qurollanib olishgan boʻlgan. Bu haqda “Oʻzbekiston24” telekanalida lavha namoyish etildi.

Bosqinchilarning bu xatti-harakati xonadonda oʻrnatilgan kuzatuv kamerasiga tushib qolgan. Jinoiy guruh aʼzolarining 4 nafari devor oshib, hovliga kiradi va tashqarida qolgan 2 ta sherigiga darvozani ochib beradi. Bu paytda xonadon egalari uyda boʻlishmagan. Uyda boʻlgan qorovul va enaga esa bosqinchilarni sezishmagan.

Jinoiy guruh aʼzolari ushbu xonadondan koʻp miqdorda pullarni va boshqa moddiy boyliklarni olib ketmoqchi boʻlib turgan vaqtida uy egasi kelib qoladi.

Tashqariga chiqqan qorovul bosqinchilarni uy egasi bilan birga kelgan mehmon deb oʻylab ular bilan salomlashmoqchi boʻladi. Bosqinchilar esa unga turli tan jarohatlari yetkazib, qochishga tushishadi. Xonadon egasi ularning ortidan taʼqib qilib, bittasini tutadi va ichki ishlar xodimlariga topshiradi.

Hodisadan xabardor boʻlgan IIBB tezkor xodimlari ham zudlik bilan voqea joyiga yetib kelishgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida jinoiy guruhning boshqa aʼzolari ham oʻsha kunning oʻzida ushlangan.

Mazkur holat boʻyicha JKning 164-moddasi 4-qismi (bosqinchilik) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 0
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 20
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 50
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar