“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 05:35
ЎЗO‘Z

Fargʻonada 3,5 mln dollarni Qirgʻizistonga olib chiqib ketayotgan shaxslar ushlandi (video)

26 yanv, 15:21 5 435 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Fargʻonada 3,5 mln dollarni Qirgʻizistonga olib chiqib ketayotgan shaxslar ushlandi (video) Davlat xavfsizlik xizmati Fargʻona viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Fargʻona - Yuqori Vodil yoʻnalishi boʻyicha harakatlanayotgan “Neksiya” avtomobili Vodil yoʻlining “Novket” MFY hududida toʻxtatildi.

“Oʻzbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan lavhada aytilishicha, mashina koʻzdan kechirilganda, uning isitish moslamasi ichida 23 ta oʻramda AQSH dollari borligi aniqlangan.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu pullar mazkur mashinada ketayotgan A.M.ga tegishli boʻlgan. “Neksiya” avtomashinasi egasi, Vodil qishlogʻida yashovchi A.D.ning aytishicha, u 50 dollar evaziga A.M.ni Qoʻqon shahriga olib borib, ushbu valyutalarni olib kelgan.

Tezkor surishtiruv davomida A.D.ning yashash xonadonidan ham 24 ta oʻramda boʻlgan AQSH dollarlari olindi. Shuningdek, A.M. ushbu valyutalarni Qoʻqon shahrida Oʻ.X.dan olganligi aniqlandi va u ham ushlandi.

Lavhada aytilishicha, noqonuniy pullarning umumiy miqdori 1 mln 763 ming dollarni tashkil qilgan.

Yana bir holat. Qirgʻizistonda tugʻilib oʻsgan va hozirda Fargʻona viloyati Fargʻona tumanida istiqomat qiluvchi 56 yoshli A.Yo.ning avtomashinasi ham koʻzdan kechirilganda, 35 dona oʻram topildi. Ular ochib tekshirilganda 1 mln 771 ming 650 AQSH dollari borligi maʼlum boʻldi.

Aniqlanishicha, Buvayda tumanida yashovchi N.J. ushbu pullarni Toshkentdan Fargʻonaga keltirib bergan. A.Yo. esa ularni noqonuniy yoʻllar orqali Qirgʻiziston Respublikasiga oʻtkazib berishi kerak boʻlgan.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida qonunbuzarlardan jami 3 mln 534 ming 650 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan DXX Fargʻona viloyati boshqarmasi tomonidan JKning tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu pullarning haqiqiy egalarini aniqlash boʻyicha ham zarur choralar koʻrilyapti.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 30
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 92
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar