“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 20:52
ЎЗO‘Z

Bosh prokuratura Nurxon Nafasov bo‘yicha Milliy Olimpiya qo‘mitasiga aybsizlik prezumpsiyasini eslatdi

23 yanv, 23:44 5 104 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh prokuratura Nurxon Nafasov bo‘yicha Milliy Olimpiya qo‘mitasiga aybsizlik prezumpsiyasini eslatdi Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston karate milliy Federatsiyasining qator mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

«23.01.2019 yilda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining rasmiy saytida «Nurxon Nafasovning kirdikorlari fosh bo‘ldi» nomli xabar chop etildi. Mazkur xabar bo‘yicha Bosh prokuratura matbuot xizmati shuni qat’iyan ma’lum qiladiki, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari va olib borilayotgan tergov harakatlari yuzasidan rasmiy ma’lumotlar faqatgina bu borada mutasaddi tergov va nazorat qiluvchi organlar tomonidan beriladi», deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.

Shuningdek, Bosh prokuratura dastlabki tergovning holatlari va unga jalb qilingan shaxslar haqida keng jamoatchilikka turli talqindagi xabarlarni tarqatish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida belgilangan aybsizlik prezumpsiyasi qoidalariga zid va bunday holatlar o‘zgalarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazishi mumkinligini ta’kidlagan.

«Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan aniqlangan holatlar bo‘yicha biror-bir shaxs, xususan N.Nafasov gumonlanuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan», deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 60
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 143
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 55
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 151
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 269
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 29
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 36
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 15
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 21
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 92
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 28
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 112
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 37
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 146
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 41
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 59
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 104
  • Bo‘limlar