“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 16:02
ЎЗO‘Z

O‘tgan yilda iste’molchilar eng ko‘p qaysi sohadan shikoyat qilishdi?

23 yanv, 14:36 5 040 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘tgan yilda iste’molchilar eng ko‘p qaysi sohadan shikoyat qilishdi? O‘tgan yilda iste’molchilar eng ko‘p shikoyat qaysi sohadan shikoyat qilishdi?

Iste’molchilar foydasiga jami 7 824 700 400 (yetti milliard sakkiz yuz yigirma to‘rt million yetti yuz ming to‘rt yuz) so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi. Bu haqda O‘zbekiston iste’molchilar huquqini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan "Xalq so‘zi"ga taqdim qilingan hisobotida e’lon qilingan.

Jumladan, 2018 yilda fuqarolarning murojaatlarini o‘rganib, sohalar kesimida tahlil qilinganda iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlarning katta qismi savdo sohasiga tegishli ekani ayon bo‘lmoqda:
- savdo sohasiga 4083 ta;
- tabiiy gaz ta’minoti sohasiga 2409 ta;
- elektr ta’minoti sohasiga 1908 ta;
- suv ta’minoti sohasiga 795 ta;
- kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga 648 ta;
- aloqa sohasiga 453 ta;
- transport sohasiga 382 ta;
- sog‘liqni saqlash sohasiga 248 ta;
- boshqa sohalarga 2163 ta.
Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish mobaynida hududlarda aynan savdo, tabiiy gaz va elektr ta’minoti sohalari bugungi kunda yechimini kutayotgan ishlar ko‘pligidan dalolat bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda fuqarolar federatsiyaga jami 14127 ta murojaat tushgan bo‘lsa, 2018 yilda bu ko‘rsatkich kamayib, 13089 tani tashkil etgan. 2017 yilda eng ko‘p murojaat tabiiy gaz ta’minoti yuzasidan kelgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston iste’molchilar huquqini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning quyi tuzilmalari tomonidan yil davomida O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunlari hamda federatsiya kengashi tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining markaziy va hududiy ijro etuvchi organlari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma ijrosini ta’minlash borasida aholining iste’molchi sifatidagi huquqiy manfaatlarini himoyalash borasida muayyan ishlarni amalga oshiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 23
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 41
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 86
  • So'nggi yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 23
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 59
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 73
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 70
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 80
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 41
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 286
  • Bo‘limlar