“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 16:11
ЎЗO‘Z

Andijonlik Hasan tabibning faoliyatiga chek qo‘yildi

23 yanv, 12:07 5 914 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andijonlik Hasan tabibning faoliyatiga chek qo‘yildi Foto: «Daryo»
Shahrixon tuman prokuraturasi tomonidan 2019 yil 19 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokama qilingan tabib X.I.ning faoliyatini o‘rganish harakatlari olib borildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

X.I. Shahrixon shahar «Navro‘z» MFY, Hurriyat ko‘chasida tabiblik faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan.

Uning xonadoniga kuniga 300-400 nafar fuqaro — asosan Shahrixon tumani, boshqa tuman-shaharlar, viloyatlar, hatto qo‘shni respublikalarda yashovchilar kelib ketgan. Ularning aksariyatini yurak-qon tomir, endokrin tizimi va boshqa og‘ir kasalliklar bo‘yicha murojaat qilayotganlar tashkil qilgan.

Xalq tabobati sohasidagi qonunchilikda belgilangan talablar, xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarning huquqiy maqomi va ular tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar oqibati uchun javobgarlik belgilanganganligi to‘g‘risida Shahrixon tuman prokuraturasi tomonidan 2018 yil 28 noyabrda X.I.ga tushuntirish berish bilan birga, litsenziya olinishi shart bo‘lgan faoliyat bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shug‘ullangan taqdirida javobgarlikka tortilishi haqida rasman ogohlantirilgan.

Lekin, X.I. ogohlantirilishiga qaramasdan o‘zining noqonuniy faoliyatini davom ettirib kelganligi bois, Shahrixon tuman Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan unga nisbatan 2018 yil 13 dekabrda MJtKning 165-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi to‘g‘risida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar Shahrixon tuman ma’muriy sudiga yuborilgan.

Shahrixon tuman ma’muriy sudining 2018 yil 24 dekabrdagi qaroriga ko‘ra, X.I.ga nisbatan eng kam oylik ish haqining 5 barobari, ya’ni 1.013.650 so‘m jarima jazosi tayinlagan.

Keyingi tekshiruv davomida X.I hozirgacha tabiblik faoliyati uchun litsenziya olmaganligi aniqlangan bo‘lib, Shahrixon tuman prokuraturasi tomonidan X.I. kelgusida litsenziya olinishi shart bo‘lgan faoliyat bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shug‘ullangan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida rasman ogohlantirilgan. Shahrixon tuman IIB va Shahrixon tuman DSI tomonidan ko‘rilgan tashkiliy chora-tadbirlar natijasida X.I.ning noqonuniy faoliyati tugatildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 53
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 144
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 265
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 41
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 116
  • Bo‘limlar