“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 23:33
ЎЗO‘Z

Bosh prokuratura «terroristik oqimga aloqador» kabi sun’iy ayblovlar avval qo‘yilganini tan oldi

19 yanv, 21:05 4 337 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh prokuratura «terroristik oqimga aloqador» kabi sun’iy ayblovlar avval qo‘yilganini tan oldi Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish ishlari bo‘yicha maxsus komissiya tuzildi va u faoliyatini boshlagan. Bu haqda Kun.uz nashri Bosh prokuratura vakiliga tayanib xabar bermoqda.

Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i Sardor Karimovning aytishicha, yuqorida tasniflangan guruhlar faoliyatiga aralashib qolgan shaxslar bilan har yo‘nalishda profilaktika ishi bir xil davom etmoqda.

«Oxirgi ikki yilda faoliyati taqiqlangan tashkilotlardagi ishtiroki uchun sudlanib, jazoni o‘tayotgan shaxslar soni jami 100 foizdan 30 foizga kamaydi. Bunga oqlov, afv etish yo‘llari hamda ularga qo‘yilgan sun’iy ayblovlarni olib tashlash bilan erishilmoqda. Bularni inkor etmaymiz, bu (sun’iy ayblovlar e’lon qilinishi – tahr.) ham bo‘lgan. Lekin oxirgi 1,5 yil davomida, bunaqa holatlarga yo‘l qo‘yilmayotganini shu sohani nazorat qilayotgan boshqarma boshlig‘i sifatida ta’kidlab o‘tmoqchiman.

Mahkumlarga nisbatan sun’iy ravishda intizomiy javobgarlik qo‘llangan, ularning yengillashtirilgan tizimga o‘tkazish masalasida taqiq bo‘lgan. Bu holatlarga ham to‘liq barham berildi», – deydi u.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, jazoni o‘tayotgan 3 ming 333 nafar, jumladan, faoliyati man etilgan tashkilotlarga kirib qolgan 646 nafar mahkum afv etilib, oilasi bag‘riga qaytarildi. 2018 yilda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan va ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tagan 136 nafar shaxs afv etildi. Ularning 41 nafari aynan faoliyati taqiqlangan tashkilotlar tarkibida bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, so‘nggi ikki yilda 5 ming 462 nafar shaxsga nisbatan tergovda asossiz qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi, 2 ming 449 nafar shaxs esa sud zalidan ozod qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 27
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 141
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 203
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 0
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 1
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 27
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 171
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 141
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 254
  • Bo‘limlar