“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 03:37
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonliklar asosan qaysi davlatlarga ko‘chib ketayotgani ma’lum qilindi

18 yanv, 19:53 6 153 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonliklar asosan qaysi davlatlarga ko‘chib ketayotgani ma’lum qilindi 2018 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 160,0 ming kishini (157,2 ming kishi respublika hududlaridan, 2,8 ming kishi xorijiy mamlakatlardan), ko‘chib ketganlar soni esa 176,2 ming kishini (157,2 ming kishi respublika hududlariga, 19,0 ming kishi xorijiy mamlakatlarga) tashkil etdi.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, migratsiya saldosi minus 16,2 ming kishi bo‘lib, 2017 yilning mos davrida minus 18,6 ming kishi bo‘lgan.

Migratsiya saldosining yuqori darajasi Toshkent viloyatida (minus 5,6 ming kishi), Qashqadaryo viloyatida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (minus 4,2 ming kishi) va Samarqand viloyatida (minus 3,7 ming kishi) qayd etildi.
Migratsiya saldosining ijobiy darajasi Toshkent shahrida (plyus 15,3 ming kishi) kuzatildi.

2018 yil yanvar-dekabr oylarida doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlar soni 2849 kishini tashkil qildi. Bu borada yetakchilik Tojikistonda - 28,1 foiz. Keyingi o‘rinlardan Qozog‘iston (27,5 foiz), Rossiya (24,1 foiz), Qirg‘iziston (9,7 foiz) va boshqa davlatlar (10,6 foiz) joy oldi.

2018 yil yanvar-dekabr oylarida doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni 19006 kishiga teng bo‘ldi. Bunda yetakchilik Rossiyada - 47,2 foiz. Keyingi o‘rinlardan Qozog‘iston (47,1 foiz), AQSh (1,2 foiz), Isroil (0,7 foiz) va boshqa davlatlar (3,8 foiz) joy oldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 60
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 18
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 198
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 39
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 60
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar