“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 08:01
ЎЗO‘Z

Endi yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega bo‘ladilar

12 yanv, 06:00 4 744 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Endi yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega bo‘ladilar Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Prezidentining farmoni qabul qilindi.
Farmonda ko‘rsatilishicha, 2019 yil 1 iyuldan boshlab shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
· yuridik shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari ularga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yoki ular tomonidan xususiylashtirilayotgan bino va inshootlar, sanoat infratuzilmasi ob’ektlari joylashgan yer uchastkalarini, shuningdek ularga tutash hududlardagi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur miqdordagi yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega;
· jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ularga yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyga xizmat ko‘rsatish uchun ajratilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega;
· ko‘rsatilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari asosida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan amalga oshiriladi;
· jismoniy va yuridik shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk (fuqarolik muomalasi ob’ektlari) hisoblanadi va daxlsizdir, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq davlat tomonidan muhofaza qilinadi;
· yer uchastkalarini xususiylashtirish faqatgina kadastr hujjatlari mavjud bo‘lgan holda hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda pullik asosda amalga oshiriladi.

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini kiritishi hamda 2019 yil 1 iyunga qadar xususiylashtiriladigan yer uchastkalari uchun tabaqalashtirilgan to‘lovlar miqdorlari, shuningdek ularni to‘lash tartibini belgilovchi hukumat qarorini qabul qilishi belgilab qo‘yildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 49
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 84
  • Toshkentda shamol sabab daraxt Tracker ustiga quladi 18 мая, 18:53 104
  • Mahkumlar huquqlarini ta’minlash yanada mustahkamlanadi 18 мая, 17:56 58
  • “Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi 18 мая, 15:36 148
  • Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi 18 мая, 14:19 99
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 78
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 61
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 221
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 25
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 224
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 49
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 56
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 102
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 186
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 237
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 84
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 111
  • Bo‘limlar