“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 17:31
ЎЗO‘Z

Lola Karimova «O‘tkan kunlar» romanini ilk marta bir kechada o‘qib chiqqani haqida so‘zlab berdi

11 yanv, 14:43 5 758 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Lola Karimova «O‘tkan kunlar» romanini ilk marta bir kechada o‘qib chiqqani haqida so‘zlab berdi Islom Karimov Fondi atoqli o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy qalamiga mansub "O‘tkan kunlar" romanini ingliz tiliga tarjima qilish va nashr etish loyihasini amalga oshirdi. Bu haqda mazkur fondning rahbari, Islom Karimovning qizi Lola Karimova-Tillayeva instagram‘dagi sahifasida ma’lum qildi.

Ushbu sovg‘abop nashrning badiiy bezak suratlari taniqli o‘zbek rassomi Bobur Ismoilov tomonidan ishlandi.

“Abdulla Qodiriy – XX asrning atoqli adibi, ma’rifatparvari va publitsisti. U 1922 yilda yozgan “O‘tkan kunlar” asari bilan o‘zbek milliy romanchilik maktabiga asos soldi. Mazkur asar haqli ravishda o‘zbek adabiyoti durdonasi deya e’tirof etiladi. Yuksak badiiyat namunasi sanalgan roman bir necha avlod o‘zbek kitobxonlarining sevimli asari bo‘lib kelayotgani ham bejiz emas, albatta.
Taassufki, yozuvchining hayoti fojiaviy yakun topdi. Mash’um qatag‘on yillarida Qodiriy “xalq dushmani” degan soxta ayblov bilan qamoqqa olindi va 1938 yilda qatl etildi.

“O‘tkan kunlar” romanini ilk marotaba qo‘lga olganim hali-hamon yodimda. Asar meni shu qadar o‘ziga rom etgan ediki, uni bir kechada o‘qib tugatgan edim. Ushbu muhabbat qissasi meni – o‘sha kezlar 14 yoshda bo‘lgan o‘smir qizni o‘tmish olamiga olib kirdi. Tarixiy davr, turfa qahramonlar taqdiri, xarakteri va hayot tarzini yuksak ijodiy mahorat bilan, batafsil tasvirlagan muallif o‘z asariga umrboqiylik bag‘ishladi, kelgusi avlodlarga ham ota-bobolari kechmishi bilan yaqindan tanishish imkonini tuhfa etdi.

Ushbu sovg‘abop nashrni teran ramziy ma’noga ega suratlari bilan bezagan rassom Bobur Ismoilov o‘sha davr nafasini yetkazib bera olgan, deb o‘ylayman. Buning uchun unga alohida minnatdorligimizni izhor etamiz.
Karimov Fondi ko‘magi bilan ushbu kitob Nouveau Monde Editions nomdor fransuz nashriyotida chop etildi.

O‘zbek adibi romani o‘ttizdan ziyod badiiy asarni tarjima qilgan britaniyalik adabiyotshunos va mutarjim Kerol Yermakova tomonidan ingliz tiliga o‘girildi. Tarjimaga Juli Uikenden muharrirlik qildi”, deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 0
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 0
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 0
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 1
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 96
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 58
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 0
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 1
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 1
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 4
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 81
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 18
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 96
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 159
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 72
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 243
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 285
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 181
  • Bo‘limlar