“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 17:20
ЎЗO‘Z

DSQ metan gaz bo‘yicha bayonot berdi

07 yanv, 17:50 5 199 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DSQ metan gaz bo‘yicha bayonot berdi O‘zbekiston ayrim hududlarida avtomobillarga xizmat ko‘rsatuvchi siqilgan va suyultirilgan gaz bilan to‘ldirish shoxobchalarida o‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan joriy yilning 4 yanvarida 1 m3 metan gaz narxi 1900 so‘mdan 2200 so‘mgacha, ya’ni 300 so‘mgacha hamda 1 litr propan gazning narxi 200 so‘mdan 500 so‘mgacha oshganligi kuzatildi.

Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabariga ko‘ra, ayniqsa, bunday holat Toshkent shahri, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida kuzatilmoqda.

Qo‘mita tomonidan tanlov asosida bir qancha metan gaz quyish shoxobchalarining faoliyati tahlil qilinganda, 2018 yilning 9 oyida 1 m3 metan gazning o‘rtacha narxi 1650 so‘mdan sotilgan bo‘lsa, 4 chorakka kelib 1950 so‘mgacha oshirilgan. Joriy yildan boshlab esa hech qanday asossiz ravishda 1900 so‘mdan oshirilib, 2200 so‘mgacha sotilmoqda.

Natijada gaz quyish shoxobchalarining rentabellik darajasi 2018 yilning 9 oyligidagi 20-29 foizdan 45-60 foizgacha oshgan. Agar ushbu shoxobchaning rentabellik darajasi 30-36 foiz miqdorida saqlangan holatda narx 1800-1900 so‘mdan oshmasligi kerak edi.

Davlat soliq qo‘mitasi hisobida, 2019 yilning 1 yanvaridan amaldagi soliq konsepsiyasi doirasida 1 m3 metan gazning narxi bor yo‘g‘i 210 so‘mgacha oshishi ham inobatga olingan.

Jumladan, gaz uchun aksiz solig‘i kiritilishi hisobiga 55 so‘m, yagona soliq to‘lov o‘rniga qo‘shilgan qiymat solig‘i, mol-mulk, yer solig‘i va foyda solig‘i kiritilishi natijasida 155 so‘m oshishi mumkin edi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, daromadlilik va rentabellik darajasini yuqori miqdorlarda saqlash maqsadida ayrim gaz to‘ldirish shoxobchalari asossiz ravishda narxlarni oshirishga urinmoqda, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 1 yanvaridan soliq o‘zgarishlari natijasida narxlarni o‘zgartirmasdan faoliyat ko‘rsatilganida ham gaz quyish shoxobchalarining rentabellik darajasi 25-30 foizni tashkil etadi. Bu o‘z navbatida, iqtisodiyot tarmog‘idagi rentabellik darajasi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlardan birini tashkil etmoqda.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan asossiz ravishda narxlarni oshirishga urinadigan “tadbirkorlar” faoliyati nazorat qilib boriladi. 2019 yilning 1 kunidan boshlab, respublikaning ayrim hududlarida avtomobillarga metan gaz quyish shoxobchalari — gaz to‘ldirish kompressor stansiyalarida xizmatlar narxi yana keskin ko‘tarildi. Bu oxirgi 3 oyda ikkinchi marta kuzatilmoqda.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 0
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 0
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 44
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 66
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 44
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 150
  • So'nggi yangiliklar
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 0
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 0
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 0
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 9
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 0
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 61
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 15
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 36
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 65
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 203
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 44
  • Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi 01 мая, 12:22 290
  • Bo‘limlar