“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 20:38
ЎЗO‘Z

Davlat bojxona qo‘mitasi ishga taklif etmoqda

07 yanv, 16:40 8 411 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Davlat bojxona qo‘mitasi ishga taklif etmoqda Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 24 noyabrdagi PF-5582-son Farmoniga muvofiq, Toshkent hududidagi bojxona postlarida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish bo‘yicha bepul asosda xizmat ko‘rsatuvchi «front-ofis»ga ishga taklif etmoqda.

«Front-ofis»ga nomzodlar tanlov asosida tanlab olinadi. Tanlovdan o‘tgan nomzodlar fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishga qabul qilinadi hamda ularga ishbay asnoda ish haqi to‘lanadi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
- o‘rta maxsus yoxud oliy ta’lim muassasalarining diplomiga ega bo‘lishi;
- bojxona qonunchiligiga oid bilimlarga va ularni amaliyotga qo‘llash, shuningdek, tashkiliy texnikalar (kompyuter, skaner, printer
va boshqalar) bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- yuklatilgan majburiyatlarni bajarishga qodir bo‘lishi;
- bojxona va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlaridan salbiy asoslar bilan bo‘shatilmagan bo‘lishi kerak.

Talab etiladigan hujjatlar:
1) fuqarolik pasport nusxasi;
2) 086/u shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
3) narkologiya va ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma;
4) oxirgi ish joyidan tavsifnoma hamda ma’lumoti to‘g‘risida diplom.

Murojaat uchun manzillar:
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi: Toshkent shahri, Bunyodkor shoh ko‘chasi 35, tel.: 71-120-76-76;
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi 90-uy, tel.: 71-120-86-10;
“Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi: Toshkent shahri, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti, tel.: 71-120-86-30.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 3
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 41
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 150
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 56
  • So'nggi yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 2
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 40
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 309
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 58
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 221
  • Bo‘limlar