“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 15:36
ЎЗO‘Z

Go‘sht, guruch, yog‘ va kartoshkaning eng qimmati qaysi bozorlarda ekani e’lon qilindi

07 yanv, 13:23 4 202 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Go‘sht, guruch, yog‘ va kartoshkaning eng qimmati qaysi bozorlarda ekani e’lon qilindi Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi viloyat markaziy dehqon bozorlarida ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarning minimal-maksimal narxlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Ma’lumot 2019 yil 4 yanvar holatiga (1 kg. so‘mda) taqdim etilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mol go‘shtining eng qimmati Chirchiqda - bir kilogramm uchun 52 ming so‘m. Eng arzon - Nukusda (26 ming so‘m).

Qo‘y go‘shtining eng qimmati Toshkentda - 46,6 ming so‘m. Eng arzoni - Jizzaxda - 28 ming so‘m. Shuningdek, poytaxt kartoshka (3,7 ming so‘m), piyoz (1,9 ming so‘m), sabzi (3,4 ming so‘m), tuxum (7,8 ming so‘m - 10 donasi), guruch (19,6 ming so‘m) narxi bo‘yicha «yetakchi»ga aylandi.

Shu bilan birga, Toshkentda ba’zi mahsulotlarning narxi eng arzon hamdir. Masalan, poytaxtda nafaqat eng qimmat kartoshka, balki eng arzoni ham bor - 1,2 ming so‘m. Piyoz narxida ham shuni kuzatish mumkin - 500 so‘m.

Eng arzon sabzi Namanganda - 900 so‘m, guruch - Gulistonda (4 ming so‘m), o‘simlik yog‘i - Andijonda (1 litr uchun 8,5 ming so‘m). O‘simlik yog‘ining eng qimmati Jizzaxda - 13,3 ming so‘m.

Eng arzon shakar Gulistonda - 4,5 ming so‘m. Boshqa hududlarda, jumladan, Nukus va Toshkentda, u 5,5 ming so‘m turadi.

Qayd etilishicha, ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal iste’mol narxlari ma’lumotlari tanlanma statistik kuzatuv tamoyillariga asosan olingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 12
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 93
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 43
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 0
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 0
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 0
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 12
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Bo‘limlar