“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 10:35
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda 2018 yilda jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar

06 yanv, 17:30 5 707 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda 2018 yilda jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar 2018 yilda O‘zbekistonda 1561 nafar turli toifadagi mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Kun.uz nashri Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

«Bularning aksariyatini xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbarlari tashkil qiladi - 580 nafar. Shuningdek, ta’lim sohasida 257 nafar, sog‘liqni saqlash tizimida 83 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 39 nafari respublika, qolganlari viloyat tuman-shahar miqyosidagi vazirliklar, idoralar hamda korxona va tashkilotlarda ishlagan.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan xodimlarning 821 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 138 nafari pora olish va berish, qolganlari esa boshqa mansabdorlik jinoyatlari uchun javobgar bo‘lgan», deyiladi xabarda.

Qayd etish kerakki, 2018 yilda jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar bo‘yicha qator shov-shuvli nomlar ham bor. Dastlab, 2018 yilning fevral oyi oxirida sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida qo‘lga olingandi. Unga nisbatan «Tovlamachilik», «Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish», «Pora olish» moddalari bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Shuningdek, ushbu jinoyat ishi bo‘yicha bosh prokurorning sobiq o‘rinbosarlari hamda Toshkent viloyatining sobiq prokurorlari bo‘lmish Jamshid Fayziyev va Ulug‘bek Sunnatov ushlangandi.

Keyinroq ushbu ish doirasida yana o‘ndan ortiq kishi qamoqqa olindi. Ular orasida «Toshkentni titratgan prokuror» - Toshkent shahar prokurorining korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar bo‘yicha sobiq o‘rinbosari, «Antibiotik» laqabli adliya maslahatchisi Mirag‘lam Mirzayev va unga yaqin bo‘lgan boshqa prokurorlar ham bor edi.

Jinoiy ishning natijalari yaqin vaqtlar ichida keng ommaga oshkor qilinishi aytilgan.

Iyul oyida esa Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev qo‘lga olindi. U viloyatda korrupsion tizim yaratgani, Samarqand viloyat hokimligida turar joylar qurish uchun ruxsatnoma berish, yer uchastkalarini taqsimlashda o‘ziga xos «stavka» joriy etilgani ma’lum qilindi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq hokimning ofisidan pora sifatida olingan 1 million dollar miqdoridagi mablag‘ topilgan. Ayni vaqtda uning ishi sudga oshirilgan.

2018 yilning sentyabr oyi boshlarida esa Yunusobod tumani sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatov katta miqdordagi pora bilan qo‘lga olingani haqida xabar tarqaldi. Unga va boshqa mansabdor shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210 va boshqa moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘tgan yilning dekabr oyi oxirida esa O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasining sobiq raisi Muidjon Tohiriy hibsga olingani haqida rasman xabar berildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 43
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 36
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 74
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 371
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 105
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 2
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 43
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 43
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 158
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 143
  • Bo‘limlar