“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 05:17
ЎЗO‘Z

Harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentlarga alohida kvotalar ajratiladi

05 yanv, 17:45 5 866 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentlarga alohida kvotalar ajratiladi O‘zbekistonda harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentlarga alohida kvotalar ajratiladi va shu kvota doirasida test sinovlari o‘tkaziladi. Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.

Qayd etilishicha, tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
- harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentlarga tegishli o‘quv yili uchun tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari doirasida alohida kvotalar ajratish va test sinovlarini o‘tkazish;
- harbiy qism komandirining tavsiyanomasi faqat harbiy oliygohlar uchun imtiyozga ega bo‘lishi nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - 2019 yil 1 may, ijro uchun mas’ullar - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat test markazi, Mudofaa vazirligi, DXX, Milliy gvardiya.

Shuningdek, umumiy ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi va ilmiy-o‘quv jarayoni sifati tubdan yaxshilanadi.

Bu borada 2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning tarmoq jadvallari tayyorlanadi. Bunda Investitsiya dasturlariga kiritilgan ta’lim muassasalari ob’ektlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish choralari nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - yil davomida, ijro uchun mas’ullar - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 216
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 70
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 107
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 147
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 46
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 94
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 33
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 31
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 52
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 76
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 73
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 123
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 123
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 120
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 432
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 145
  • Bo‘limlar