“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 04:29
ЎЗO‘Z

«Gaz zapravka»larda vaziyatni barqarorlashtirish uchun taklif ishlab chiqilmoqda

02 yanv, 21:13 4 426 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Gaz zapravka»larda vaziyatni barqarorlashtirish uchun taklif ishlab chiqilmoqda 2019 yilning 1 kunidan boshlab, respublikaning ayrim hududlarida avtomobillarga metan gaz quyish shoxobchalari — gaz to‘ldirish kompressor stansiyalarida xizmatlar narxi yana keskin ko‘tarildi. Bu oxirgi 3 oyda ikkinchi marta kuzatilmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Ayni paytda AGTKSlarda bir kubometr metan gaz narxi o‘rtacha 300–400 so‘mga oshdi va kuzatilgan eng qimmat baho 2200 so‘m bo‘ldi. Oxirgi marta ushbu holat 2018 yil noyabr oyida, respublikaning barcha hududlarida joylashgan shoxobchalarda kuzatilgan. Xizmat narxining keskin oshib ketishiga limitdan ortiq olingan gaz sarfi uchun 2 koeffitsiyentda to‘lov amalga oshirilishi vaj qilib ko‘rsatilgandi. O‘sha payt, AGTKSda gaz tanqis bo‘lishini oldini olish maqsadida, «O‘zbekneftgaz» noyabr oyi uchun qo‘shimcha 40 million kub.m gazni realizatsiya qilishga kirishgandi.

1 yanvardan boshlab, AGTKS xarajatlari orasida ijtimoiy soliq ham 55 so‘mga qimmatladi, shuningdek, limitdan ortiq gaz sarfi uchun o‘rnatilgan 2 koeffitsiyentda to‘lov masalasi hal etilmay qolmoqda. Gap shundaki, «gaz zapravka»lari talabidan kelib chiqib, resurs hech qachon to‘liq yetkazib berilmagan. Shuning uchun, ularga gaz realizatsiyasida limit qo‘yiladi. Ana shu o‘rnatilgan limitdan ham ortiq sotuv amalga oshirilsa, yetkazib berilayotgan gaz narxi 2 barobar qimmatlaydi. Tadbirkorlar esa limitgacha va undan boshqa narxda xarid qilgan gazni realizatsiya qilish uchun «oltin me’yor»dagi narxni belgilab, xizmat ko‘rsatadi.

Agar limit tugagandan so‘ng, «gaz zapravka» ishlamasa yo majburan yopib qo‘yilsa, ahvol qanaqa bo‘lishini dekabr oyida kuzatdik. Bu vaziyat eng kamida transport-logistika narxining oshib ketishiga olib keldi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovning Kun.uz'ga aytishicha, limitdan ortiq olingan gaz sarfi uchun belgilangan 2 koeffitsiyent miqdordagi to‘lovni amalga oshirish tartibi bekor qilinishi kutilmoqda. Amalda «gaz zapravka»larda vaziyatni barqarorlashtirish uchun taklif ishlab chiqilmoqda.

Biroq, Bosh vazir o‘rinbosari - Moliya vazirining munosabati kabi izohni vazirlikning boshqa vakili o‘tgan yili noyabrda bildirgandi.

«Ayni paytda ushbu masala yuzasidan amaldagi tartibga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilmoqda. Bu o‘zgarish aynan limitdan ortiq olingan gaz sarfi uchun belgilangan koeffitsiyent miqdorida aks etishi mumkin», - degandi u.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 40
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 38
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 79
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 161
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 169
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 78
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 40
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 38
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 54
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 52
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 79
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 112
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 50
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 29
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 89
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 161
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 61
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 69
  • Bo‘limlar