“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 00:38
ЎЗO‘Z

Afsun va diniy marosimlar orqali davolash xalq tabobati hisoblanmaydi

30 dek, 12:43 4 372 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Afsun va diniy marosimlar orqali davolash xalq tabobati hisoblanmaydi Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat ko‘rsatish tartibi va hajmlari to‘g‘risida nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlikning «Huquqiy axborot» Telegram-kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, okkultizm-afsun, shuningdek diniy marosimlar orqali kasalliklarni davolash xalq tabobati hisoblanmaydi. Shuningdek, xalq tabobatining quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha bir yoki bir necha usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish mumkin:

- invaziv (akupunktura, su-jok terapiya, xijoma);
- noinvaziv (manual terapiya, akupressura);
- biologik invaziv (gomeopatiya, girudoterapiya, apiterapiya);
- parhez va o‘simlik vositalarini qo‘llash (fitoterapiya, ochlik bilan davolash).
Nizomga ko‘ra, xalq tabobati usullaridan foydalanib tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish xalq tabobati shifokori va xalq tabobati bo‘yicha mutaxassis tomonidan ambulatoriya va statsionar turdagi tibbiy tashkilotlarda amalga oshiriladi.

Xalq tabobati usullari bilan davolashning maqsadga muvofiqligini belgilashda xalq tabobati mutaxassisi tegishli shifokor bilan maslahatlashishi shart.

Tibbiyot tashkilotlarida bemorlarni xalq tabobati mutaxassislari tomonidan qabul qilish bemor shifokor ko‘rigidan o‘tgandan so‘ng amalga oshiriladi hamda tibbiy ko‘rik va tekshiruvlardan o‘tgan bemorning ambulator kartasiga yoki kasallik tarixiga xalq tabobatini qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatma yoki qarshi ko‘rsatma to‘g‘risida yozuv kiritilishi shart.

Bolalar va homilador ayollarga pediatr, umumiy amaliyot yoki ginekolog shifokorning xulosasi mavjud bo‘lganda xalq tabobati usullarini qo‘llash orqali tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat etiladi.

Xalq tabobati mutaxassisi bemorga qo‘llanilgan xalq tabobati usuli va o‘tkazilgan muolajalar haqidagi ma’lumotlarni bemorning ambulator kartasi yoki kasallik tarixiga yozib qo‘yishi kerak.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 0
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 250
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 87
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 95
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 80
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 171
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 187
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 119
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Bo‘limlar