“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 10:55
ЎЗO‘Z

Bugun Toshkentda ikkita jiddiy YTH sodir bo‘ldi (foto)

27 dek, 23:06 4 779 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bugun Toshkentda ikkita jiddiy YTH sodir bo‘ldi (foto) 27 dekabr kuni Toshkent shahrida ikkita jiddiy yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati Yunusobod hamda Mirobod tumanlarida ro‘y bergan YTHlar haqida ma’lumot bergan.

IIBB xabariga ko‘ra, soat taxminan 11:50 da Yunusobod tumani Yangi shahar ko‘chasida joylashgan temiryo‘l kesishmasida «Taksi lyuks» kompaniyasiga tegishli Lacetti avtomobili haydovchisi nazorat ostidagi yopiq to‘siqqa borib urilgan va buning oqibatida avtomashina ishdan chiqqan.

Haydovchi va ikki yo‘lovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. YTHga haydovchining temir yo‘l kesishmalaridan o‘tish qoidalarini buzgani sabab bo‘lgani aytilgan. «49 yoshli haydovchi K.Mahmudov tomonidan temiryo‘l kesishmasini kesib o‘tish qoidalarining buzilganligi ushbu yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘lgan», — deyiladi IIBB axborotida.
Shu kuni soat taxminan 12:30 da esa Kichik halqa yo‘lining Mirobod tumanidan o‘tgan qismida «AS Invest Grupp»ga tegishli Howo yuk avtomobili ag‘darilib ketgan. Qayd etilishicha, 19 yoshli haydovchi tajribasizlik qilib mashina boshqaruvini yo‘qotgan. Yuk mashinasiga ortilgan yuk (tosh va qum) yo‘lga to‘kilib ketgan, hech kim jabrlanmagan. «Haydovchi hamda yo‘l harakatining boshqa qatnashchilari zarar ko‘rmagan», — deyiladi IIBB xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 1
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 108
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 111
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 215
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 54
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 68
  • So'nggi yangiliklar
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 2
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi 05 мая, 09:51 8
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 42
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 108
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 409
  • Bo‘limlar