“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 05:47
ЎЗO‘Z

Deputatlar «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokama qilishmoqda

26 dek, 12:26 3 550 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Deputatlar «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokama qilishmoqda 2018 yil 25 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar mamlakatda ijtimoiy, iqtisodiy, sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar.

Majlisda deputatlar «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokama qilishdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.

Raqamli texnologiyalar davrida fuqarolarning asosiy huquqlarini qo‘shimcha mustahkamlashga qaratilgan muhim huquqlarni ta’minlashni nazarda tutuvchi ushbu qonun loyihasi shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlash ishtirokchilarining o‘rnatilgan me’yor va qoidalarga rioya etishini ta’minlash, fuqarolarga o‘z shaxsiy ma’lumotlari ustidan nazorat qilish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratishga yordam beradi.

Shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni xalqaro uzatishini soddalashtiradi hamda qayerda qayta ishlanishidan qat’i nazar, fuqarolar ma’lumotlari himoyasini ta’minlash kafolatlarini yaratadi.

Fuqarolarga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan, shu jumladan, ularning shaxsiy hayoti daxlsizligi bo‘yicha huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilishining oldini olishga ko‘maklashadi.

Muhokamalar chog‘ida deputatlar O‘zbekiston tarixida insonning shaxsiy hayot daxlsizligini muhofazalash borasida yangi bosqichni boshlab beradigan ushbu qonun loyihasi muhim va zarur hujjat bo‘lishini ta’kidladilar. Ammo u so‘z va fikr erkinligi cheklanishiga olib kelmasligi zarurligini qayd etdilar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 56
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 299
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 93
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 103
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 83
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 61
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 29
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 128
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 62
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 149
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 52
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 85
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Bo‘limlar