“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 07:10
ЎЗO‘Z

31 dekabr kuni avtobus haydovchilar qorbobo kiyimida bo‘lib, ishni bir soat kech tugatishadi

26 dek, 09:04 4 356 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
31 dekabr kuni avtobus haydovchilar qorbobo kiyimida bo‘lib, ishni bir soat kech tugatishadi Yangi yil bayrami tadbirlari munosabati bilan, Toshkent shahri aholisi va mehmonlariga mazmunli hordik chiqarish, madaniy dam olish shart-sharoitlarini yaratish to‘g‘risida Toshkent shahar hokimining 2018 yil 14 dekabrdagi 1794-sonli qaroriga asosan, «Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan 2018 yil 20 dekabrdagi 238-sonli buyrug‘i qabul qilindi hamda quyidagi ishlar amalga oshirildi.

1) 2018 yil 31 dekabrda Toshkent shahridagi barcha avtobus yo‘nalishlari ish rejimiga o‘zgartirish kiritilib, ish tugash vaqti 1 soatga uzaytirildi.

2) Barcha yo‘nalishlardagi avtobuslar yangi yil bayramiga mos ravishda bezatilmoqda, haydovchilarni bayram kunlari qorbobo kiyimida ishga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

3) Yangi yil bayrami tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent shahri ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanganligini inobatga olib:

– Istiqlol va Zarafshon ko‘chalarining yopilishi munosabati bilan, 90A, 91A, 115A-sonli yo‘nalishlardagi avtobuslar harakati Navoiy ko‘chasi orqali, “Navoiy – A.Temur” ko‘chalari chorrahasigacha, A.Temur ko‘chasi (Oloy bozori tomonga) orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi;

– Istiqlol ko‘chasining yopilishi munosabati bilan, 53A-sonli yo‘nalish bo‘yicha avtobuslar harakati Navoiy ko‘chasi orqali “Navoiy – A.Temur” ko‘chalari chorrahasigacha, chorrahadan burilib olib, Navoiy ko‘chasi orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi; shuningdek, 33A, 55A, 96A-sonli yo‘nalishlarda avtobuslar harakati A.Temur ko‘chasi orqali “Navoiy – A.Temur” ko‘chalari chorrahasigacha, Shahrisabz ko‘chasi orqali o‘z yo‘nalishlari bo‘ylab harakatini davom ettiradi;

– Sebzor ko‘chasining yopilishi munosabati bilan, 9A, 17A, 52A-sonli yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslar harakati Navoiy ko‘chasi orqali “Navoiy – Abay” ko‘chalari chorrahasigacha, Abay ko‘chasi orqali o‘z yo‘nalishlari bo‘ylab harakatini davom ettiradi; 150-sonli yo‘nalish bo‘yicha avtobuslar harakati Navoiy ko‘chasi orqali “Navoiy – Abay” ko‘chalari chorrahasigacha, Abay ko‘chasi orqali “Abay – A.Qodiriy” ko‘chalari chorrahasigacha, A.Qodiriy, Sebzor ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi;

– So‘galli ota ko‘chasining (Algoritm korxonasi oldida) yopilishi munosabati bilan, 13A, 69A, 107-sonli yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslar harakati Zargarlik, Zargarlik 5-tor, Diydor, So‘galli ota, Dilband ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi; 4A, 48A, 87A, 94A, 146A-sonli yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslar harakati So‘galli ota, Zargarlik, Zargarlik 5-tor, Diydor, So‘galli ota, Dilband ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 47
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 43
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 126
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 158
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 96
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 75
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 157
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 28
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 59
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 109
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 113
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 143
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 61
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 102
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 86
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 68
  • Bo‘limlar