“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 05:46
ЎЗO‘Z

Bosh prokuratura Gulnora Karimova haqida: «Bu shaxs jazoni o‘tashda davom etmoqda»

19 dek, 17:20 4 932 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh prokuratura Gulnora Karimova haqida: «Bu shaxs jazoni o‘tashda davom etmoqda» Bugun, 19 dekabr kuni Xalqaro press klubning huquq-tartibot organlari ishtirokida o‘tkazilgan sessiyasida ishtirok etgan O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari Erkin To‘rayevich Yo‘ldoshev O‘zbekiston Birinchi Prezidentining qizi, korrupsiya ishida ayblanib qamalgan Gulnora Karimova haqidagi savolga javob qaytardi.

«Bu shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir etgan jinoyatlari uchun sud tomonidan muayyan jazolarga hukm qilingan. U ayni vaqtda sud tomonidan qonunda belgilangan tartibda tayinlangan jazoni o‘tamoqda. Jazo O‘zbekiston hududida o‘talmoqda. Ta’kidlab aytaman, kim bo‘lishidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari qonun oldida barobar. Bu shaxsga nisbatan ham shu prinsip amal qilmoqda», — deya prokuror o‘rinbosari so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri.

Dekabr oyi boshida Gulnora Karimovaning o‘g‘li, ayni vaqtda Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida istiqomat qilayotgan kichik Islom Karimov onasi Gulnora Karimova jamoatchilik ishlarida ishtirok etishga qaytish niyatidaligi haqida ma’lumot bergandi.

«Mamlakatimizning yangi rahbariyati tashabbusi bilan ko‘plab yangi loyihalar amalga oshirilmoqda va ular O‘zbekistonga yaxshiroq kelajakni ta’minlaydigan qudratli asosni qurishga imkoniyat beradi. Shuning uchun onam moliyaviy va jismoniy tomondan qo‘lidan kelganicha mamlakatdagi yangi o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi», — deya yozgandi u Instagram’dagi sahifasida.

Islom Karimovning yozishicha, onasi umri davomida nimaiki yiqqan bo‘lsa, buni o‘zi uchun qilmagan; onasi O‘zbekistondagi jarayonlarga «moliyaviy va jismoniy» yordam berishga va’da bergan. «Onamning ta’kidlashicha, o‘zgarishlar bugun boshlanishi kerak — biz har doim uzoq kelajakni kutib yashay olmaymiz», — deb qo‘shimcha qilgan Islom Karimov.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning yozida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi Gulnora Karimovaga nisbatan ikkita jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida ma’lum qilgandi.

Unga ko‘ra, Karimova 2015 yilning avgustida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi tomonidan bir qator jinoyatlarda aybdor deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Yana bir jinoyat ishi bo‘yicha tergov davom etmoqda. U o‘ziga qo‘yilayotgan barcha ayblovlarni rad qilgan.

Karimova xonimning shveysariyalik advokati Greguar Manja mijozi «Toshkentdan uch soat uzoqlikdagi qamoqxonada» saqlanayotganini aytgandi. Biroq xorijiy OAV kichik Islom Karimovga asoslanib Gulnora Karimova jazoni qamoqxonada emas, balki qizi Imonning Toshkentdagi kvartirasida o‘tayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 37
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 199
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 269
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar