“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 03:29
ЎЗO‘Z

Xorazmda sudya 12 ming AQSh dollari pora olayotganda qo‘lga tushdi

18 dek, 23:33 4 673 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xorazmda sudya 12 ming AQSh dollari pora olayotganda qo‘lga tushdi 2018 yil 11 dekabr kuni fuqaro M.E. Xorazm viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilib, unda fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining sudyasi Z.I. turar-joyga nisbatan mulk huquqini belgilash bo‘yicha nizoli masalani hal qilishi evaziga 12 ming dollarini pora tariqasida talab qilayotganligini bayon qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur murojaatga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, sudya Z.I. fuqaro M.A.ning Urganch tumanida joylashgan turar-joyiga nisbatan mulk huquqini belgilash bo‘yicha nizoli masalani rahbarlar bilan gaplashib, uning foydasiga hal qilib berish evaziga uning ishonchli vakili A.E.dan 12 ming dollar olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

O‘tkazilgan tadbir yuzasidan to‘plangan hujjatlar asosida 2018 yil 14 dekabr kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining sudyasi Z.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 70- moddasiga muvofiq holda, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Xorazm viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 6
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 14
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 99
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 65
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 28
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 81
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 11
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 6
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 16
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 14
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 37
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 27
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 22
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 124
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 99
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 67
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 65
  • Bo‘limlar