“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 11:38
ЎЗO‘Z

Iqbol Mirzo ijtimoiy tarmoqlarda u haqidagi gap-so‘zlarga nega munosabat bildirmaganini aytdi

18 dek, 16:04 4 426 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Iqbol Mirzo ijtimoiy tarmoqlarda u haqidagi gap-so‘zlarga nega munosabat bildirmaganini aytdi O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlarda “Yongan yurak ziyosi” nomli maqolasiga nisbatan aytilgan tanqidlarga nega munosabat bildirmagani haqida Turon24’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Xudoga shukr, turli saytlarda ko‘cha-ko‘yda tosh otadigan odamlar ko‘p. Bu bizni hushyorlikka chorlaydi. Abdulla Qahhorning o‘sha mashhur gapini misol keltirmoqchiman: “Agar jamiyatda o‘rni, mavqeyi bor odam sen haqingda gap aytadigan bo‘lsa, sen buni to‘g‘ri qabul qilishing kerak. Lekin sen unchalik hisoblashishing shart bo‘lmagan odamlarning fikriga javob qaytaradigan bo‘lsang, shuncha loyga botasan. Akillagan har qanday laychaning orqasidan tosh otib quvib ketsang, manzilga qachon yetib borasan”, degan gaplari hali ham charaqlab turibdi.

Ular orasida albatta o‘zimizning do‘stlarimiz ham bor, ma’lum bir sabablarga ko‘ra arazlab qolganlari ham bor. Qaysidirlari o‘zlarining omadsizligini bizning omadimizda ko‘rayotgan bo‘lishi mumkin. Lekin men ularning orasida e’tiborga loyiq odamlarni ko‘rmadim. Agar ko‘rganimda albatta munosabat bildirgan bo‘lar edim”, – dedi shoir.

Shuningdek, shoir ushbu gap so‘zlarni eshitib tomoshabin bo‘lib turgan do‘stlarini tushinmaganini ham aytdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 0
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 8
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 64
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 75
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 82
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 29
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 0
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 1
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 0
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 5
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 8
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 50
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 20
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 64
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 49
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 25
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 48
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 88
  • Bo‘limlar