“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 05:23
ЎЗO‘Z

“Taraqqiyot” tanlovi finalchilari rahbarlik lavozimiga tayinlanishi mumkin

18 dek, 11:28 4 782 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Taraqqiyot” tanlovi finalchilari rahbarlik lavozimiga tayinlanishi mumkin “Taraqqiyot” respublika tanlovi finali ishtirokchilari davlat tashkilotining kadrlar zaxirasiga kiritiladi va tanlovdagi nominatsiya sohalariga mos keladigan, bo‘sh turgan rahbarlik lavozimiga tanlovsiz qabul qilinish yoki tayinlanish huquqiga ega bo‘ladi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 17 dekabr kuni Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlash bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovi finali ishtirokchilari orasidan boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi.

Nizomga ko‘ra tanlov finali ishtirokchilari maxsus veb-saytda tanlov natijalari joylashtirilgan kundan boshlab uch yildan ortiq vaqt mobaynida davlat tashkilotining kadrlar zaxirasida turishi mumkin emas.

Tanlov finalining ishtirokchisi bir vaqtning o‘zida ikkitadan ortiq bo‘lmagan davlat tashkilotining, shu jumladan, o‘zi ishlayotgan tashkilotning kadrlar zaxirasiga kiritilishi mumkin.

Tanlov finalining ishtirokchilari davlat tashkilotiga ishga joylashtirilsa, ularga ishga qabul qilingan kunidan boshlab dastlabki 10 oy mobaynida tegishli davlat tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan lavozim maoshining 10 foizi miqdorida ustama to‘lanadi.

Kadrlar zaxirasi tuziladigan davlat tashkilotining lavozimlari ro‘yxati har yili tashkilot kadrlar xizmati tomonidan 1 dekabrdan kechikmay quyidagi lavozimlar bo‘yicha alohida aniqlanadi:

- davlat tashkiloti rahbarlari (rahbar o‘rinbosarlari);

- davlat tashkiloti tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari (rahbar o‘rinbosarlari);

- hududiy bo‘linmalar rahbarlari (rahbar o‘rinbosarlari);

- davlat tashkiloti markaziy apparatining bosh boshqarmalari, boshqarmalari bo‘limlari, sho‘’balari boshliqlari (boshliqlarning o‘rinbosarlari) va bosh mutaxassislari.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 37
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 199
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 269
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar