“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 15:31
ЎЗO‘Z

Qashqadaryo viloyatida to‘rt hokim ishdan olindi

14 dek, 19:23 8 036 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qashqadaryo viloyatida to‘rt hokim ishdan olindi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga safari vaqtida viloyatdagi uch tuman va bir shahar hokimi vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Qamashi tumani hokimi Faxriddin Omonovich Do‘stmurodov o‘rniga Sherali Sanayev yangi rahbar etib tayinlangan. Sanayev shu kungacha Bekobod tumani prokurori sifatida ishlab kelayotgandi.

Yakkabog‘ tumani hokimi Jahongir Abdujalilovich Boboyev ham lavozimdan ozod etilib, uning o‘rniga Qashqadaryo viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Shomurod Donayev yangi hokim etib tayinlangan.

Koson tumani hokimi Baxtiyor Eshitemirovich Rajabov ishdan olinib, uning o‘rniga Qashqadaryo viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Asror Boyqorayev yangi rahbar bo‘lgan.

Shahrisabz shahri hokimi Ismat Nusratovich Nusurov ham ishdan olinib, uning o‘rniga «O‘zsanoatqurilishbanki» boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari To‘lqin Karimov yangi hokim sifatida ish boshlagan.

Shuningdek, Shahrisabz tumani hokimi Isroil Ibrohimovich Omonov, tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i hamda tuman DSI boshlig‘iga ogohlantirish berilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 0
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 18
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 10
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 54
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 34
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 73
  • So'nggi yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 0
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 0
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 3
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 18
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 10
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 39
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 44
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 40
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 54
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 55
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 34
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 260
  • Bo‘limlar