“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 15:30
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonga qurol-yaroq va o‘qlar olib kirayotganlar qo‘lga olindi

12 dek, 20:30 5 899 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonga qurol-yaroq va o‘qlar olib kirayotganlar qo‘lga olindi Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Navoiy” chegara bojxona posti Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan xamkorlikda ushbu post hududidagi chiqindilar qutisiga noma’lum shaxs tomonidan 2 dona qora “PM49” rusumli (gazovыy pistolet) qurollar tashlab ketilganini aniqlashdi. Hozirda ushbu qurollar egasini topish yuzasidan tezkor qidiruv va surishtiruv jarayoni davom etmoqda.

Mazkur post xodimlari aniqlagan yana bir qonun buzilish holatida esa qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro B.R.ga tegishli avtomashina belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, avtomashina salonining pol qismidan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rov davomida aytilmagan polietilen idishga solingan umumiy og‘irligi 10 kilogramm 4 mmli ov miltig‘i sochma o‘qlarini olib o‘tayotganligi aniqlandi.

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan huquqni muxofaza qiluvchi boshqa organlar vakillari bilan xamkorlikda ushbu postga kirib kelgan fuqaro G.Z.ning qo‘l yuklari orasida bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovda taqdim qilinmagan hamda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 11 dona 12 kalibrlik gilza, 2 dona yelim idishda og‘irligi 3,2 kg bo‘lgan qo‘rg‘oshin o‘qlar hamda 1 dona polietilen paketda 231 gr bo‘lgan probkalarni qo‘shni davlatdan olib kirayotgani to‘xtatib qolindi.

Aynan shu post xodimlari tomonidan qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro M.Ya. ga tegishli bo‘lgan Shevrolet Lacetti rusumliavtoulov xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, avtoulov salon qismidagi magnitofon ostida joylashgan tortmasidan 1 dona 9 mmli tashqi ko‘rinishidan “Makarov” to‘pponchasi uchun mo‘ljallangan jangovaro‘q borligi aniqlandi.


Toshkent xalqaro aeroportida ham bojxonachilar shunga o‘xshash holatni fosh qilishdi. Kaliningradga parvozi oldidan xorijiy fuqaro Ch.I.ning qo‘l sumkasi nazorat tartibida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, uning ichida bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan, deklaratsiyalanmagan jami 4 dona patron borligi aniqlandi.

Yo‘lovchi ushbu patronlarni go‘yoki esdalik sovg‘a sifatida olib ketayotganini ma’lum qilgan bo‘lsa-da, bu uni javobgarlikdan ozod qilmadi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 41
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 72
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 0
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 0
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 0
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 62
  • Bo‘limlar