“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 14:11
ЎЗO‘Z

YPX xodimlari tomonidan avtomobillarni «ta’qib qilish» va «kuzatish» o‘rtasidagi farq tushuntirildi

07 dek, 06:00 7 370 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
YPX xodimlari tomonidan avtomobillarni «ta’qib qilish» va «kuzatish» o‘rtasidagi farq tushuntirildi Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida ShIIBB tomonidan tashkillashtirilgan hamda jurnalistlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi «Yo‘l patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi qarori yuzasidan tushuntirish berildi.

Yo‘l patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi haqida Toshkent ShIIBB YHXB boshlig‘ining o‘rinbosari Aziz Sobirov so‘zlab berdi.

Jumladan, hukumat qarorida «yo‘l harakati qatnashchisi», «yo‘l partul xizmati xodimi», «yo‘l transport hodisasi», «yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash», «maxsus moslamalar», «maxsus tadbirlar», «ta’qib qilish» va «kuzatish» degan atamalar izohi berib ketilgan.

A.Sobirov «ta’qib qilish» atamasiga to‘xtalib, fuqarolardan bo‘layotgan murojaatlarda, ommaviy axboro vositalaridan tushayotgan so‘rovlarda «yo‘l patrul xizmati inspektori avtomobilni quvishi mumkinmi?» degan savol ko‘p uchrayotganiga urg‘u berdi. Hukumatning yangi qarorida bu masalaga ham oydinlik kiritib o‘tilgani ta’kidlandi.

«Ta’qib qilish» deganda jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslar salonida bo‘layotgan transport vositasi haydovchisi yo‘l patrul xizmati xodimining to‘xtash to‘g‘risidagi qonuniy talabini bajarmaganda, transport vositasining harakatiga chek qo‘yish hamda gumonlanuvchini ushlash maqsadida transport vositasining ortidan quvish tushunilishi belgilangan.

«Kuzatish» deganda haydovchisi tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan transport vositasini dislokatsiyalar bo‘yicha kuzatib borib, ortidan quvmasdan to‘xtashga undash tushuniladi.

Shuningdek, A.Sobirov 2019 yilning 1 iyulidan boshlab barcha YPX xodimlari bodi-kamera bilan ta’minlanishi, yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilar ham yo‘l noziri o‘zaro munosabatlarni audio, foto va videofiksatsiya qilish huquqiga ega ekanliklari haqida so‘zlab berdi.

Haydovchi shuningdek, YPX xodimlarining kuzatish va fiksatsiya qilish qurilmalarining sertifikatlarini, dislokatsiya xaritasini haydovchining talabiga ko‘ra taqdim etish qoidasi joriy etilayotganini aytib o‘tdi.

YPX xodimlarining haydovchilar va yo‘lovchilar bilan muomala madaniyati qanday bo‘lishi belgilanganini ham gapirib berdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 93
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 43
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • Bo‘limlar