“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 02:50
ЎЗO‘Z

Bloger minbari: Tarvuzning zarari haqida

05 dek, 11:30 5 845 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bloger minbari: Tarvuzning zarari haqida Tarvuz mazali va foydali polizmeva. Tanani rohatlantiradi, och qolganda yesangiz to‘ydiradi, ovqatdan keyin yesangiz, huzur qilasiz. Qolaversa, tanani zararli moddalardan tozalash xususiyati bor, har xil kasalliklarga davo. Tarvuz isli atirlar qimmat turadi.

Tasavvur qiling: tarvuzni suymaydigan bir kishiga amal tegdi va u ishni tarvuzni taqiqlashdan boshladi. Ishonavering, bunaqasi yuz berishi mumkin. Tarixda fransuz qiroli Genrix To‘rtinchi qovunni sudga bergan. O‘zimizning yozuvchi Said Ahmadning “O‘rik domla” deb ataluvchi mashhur hikoyasi sho‘ro davrida O‘zbekistonning “o‘rik” laqabli hokim boshqaruvchi viloyatida chop etilmagan. Chunki o‘rik repressiyada bo‘lgan-da.

Tarvuzimizga qaytaylik. Shunday qilib, eng avvalo turli-tuman gazeta-jurnallar tarvuzning zarari haqida olimlarning ilmiy maqolalarini chop eta boshlaydi. Ilmiy-ommabop maqolalar quyidagicha boshlanadi “Tarvuz mazali, biroq...”, “Dasturxonimizdagi dushman..”, “Hamma shirin narsa ham foydali bo‘lmas”, “Lazzat og‘ushidagi og‘u”.

Bu holvasi, televideniye tarvuzni qoralovchi ko‘rsatuvlarga to‘ladi. Qora fonda, o‘rgimchak to‘ri tasviri ustida oqayotgan qonday harflar bilan “Tarvuzga bandi bo‘lganlar”, “Nafs sirtmog‘ida” nomli ko‘rsatuvlar namoyish etiladi. Videoroliklar olinadi. “Men Eshonov Bohodir Kapponbozordan tarvuz olgandim, ichi selitraga to‘la chiqdi. So‘ysam ichidan sharvat emas, selitra oqib ketdi. Tarvuzdan keching, Dubayga uching”. Ovozi kishi qalbiga g‘ulg‘ula soladigan diktor amaki uzuq-yuluq qoramtir kadrlar aro hikoya qiladi: “Men Qozog‘istonga bir KamAZ tarvuz olib borgandim, u yerda meni Marat ismli kimsa kutib oldi. Tarvuzlarim achib-bijib o‘zidan zaharli gaz chiqara boshladi. Hozirda birinchi guruh nogironiman”

Imom-domlalar jamoatga keng targ‘ibot ishlarini olib borishga kirishadi. “Birodarlar! Ahli jamoat! Shu tagi-zoti betayin odamning boshini eslatadigan dumaloq ekinni tanovul qilishimiz joizmi? Shu kerakmi bizga, aytinglar. Ayrim betavfiqlar ichini teshib, spirt aralashtirib samogon, deb atalgan harom ichimlik tayyorlashyapti, axir. Shaytonning siydigiku bu, vallohi a’lam. O‘zlaringni halokatga tashlamanglar, ahli jamoa. Xarid qilish harom, xarid qilgan bilan muloqot qilish makruh!”.

Shu zaylda jamiyat tarvuz asli shirin qotilligi haqida ma’lumotga to‘yadi. Natijada, biror izdihomda tarvuzdan gap ketsa, ziyolilar “...shunaqa deysizlaru, ammo bu tarvuzning foydasidan ziyoni ko‘p...” deb gap boshlaydigan bo‘ladi. Tarvuz raddi ma’rakaga aylanadi.

Xo‘sh, turgan-bitgani zarar bo‘lgan bu narsani yosh bolaga berib, navqiron umriga bolta urishga ne hojat. Tezda bolalarni tarvuzdan asrash borasida chora-tadbirlar ishlab chiqish zarur. Nafaqat, tarvuz, balki qovun, oshqovoq kabi ortiqcha polizmevalarni bolalar dasturxoniga yaqinlashtirmaslik kerak. Negaki, ular tarvuzni eslatadi. Qovun-tarvuz, deb bejizga qo‘shib aytilmaydi, axir. “Bolalarni tarvuzdan asrashning chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi yangi qarorda 16 yoshga yetmagan bolaga tarvuz berish, uning yashash huquqiga daxl qilish ekanligi belgilab qo‘yildi.

Falon mahallada qiyomat qo‘pibdi. E,voh, nima bo‘libdi? So‘ramang, asti, kecha Rossiyada ishlab kelgan falonchivoy yosh-yalanglarni to‘plab tarvuz so‘yib berayotganda qo‘lga tushibdi. So‘mkasida ikkita yashirib olib kelgan ekan. O‘zingiz bilasiz, Krasnodar tarvuzlari ja boshqacha bo‘ladi. Shirasini oqizib yeb o‘tirishganda shappa bosishibdi. Hademay televizorda ko‘rsatib qolishadi. Tarvuz, axir poloniydan battar ziyon narsa bo‘lsa, chegarada ushlab qolsa o‘larmikan. Essiz, yosh-yosh yigitlar...

Tarvuzning nomini ham barcha joydan o‘chirish kerak. Kitoblardan oq bo‘yoq bilan “tarvuz” yozuvi o‘chirib chiqilsin. Biologiya fanida, kulinariyada tarvuz mavzui qoldirib o‘tilsin. Ma’no buzilish ehtimoli vujudga kelsa, “ko‘k dumaloq” deb atalsin. Neft koni bilan adashtirishadi? Konning nomini o‘zgartiramiz, shuyam ishmi? Tamom, adabiyotlardan ham tarvuzning qorasi o‘chdi.

Kechagina paykal boshida tarvuzni yorib yeb yurgan odam dunyoni bir aylanib kelishi bilanoq bu holni ko‘rib hushi boshidan uchdi. Iya, bu qanaqasi bo‘ldi? Hushini yig‘ib olmasidanoq, tarvuzrang formali ikkitasi tirsagidan tutdi: - Hujjatlarni ko‘rib qo‘yaylik. – Marhamat. - Og‘zingizdan tarvuz hidi kelyapti-ku. Biz bilan mahkamaga yurishingizga to‘g‘ri keladi. Tarvuz taqiqlanganini bilsangiz kerak. – Kechirasiz, tarvuz yeganim yo‘q, tarvuz isli atir sepganman. – Ekspertiza aniqlaydi. – Qanday qilib? – Qoningizdan aniqlaydi. Shuningdek, oshqozon mikroflorasidan. Axlat va siydigingizni topshirasiz. – Men, axir tarvuz yemaganman. – Tez yuring, gapni ko‘paytirmay. Bir soat kechiksak, tarvuzning asosiy tarkibi glyuzoka qonga so‘rilib ketishi mumkin, unda tahlilchilarimiz qiynalib qolishadi.

Ketishdi. Biz ham hikoyamizni shu yerda tugatib o‘z yo‘limizga ketamiz. Davomini so‘rayapsizmi? To dorilomon zamonlar yetib kelguncha avlodlar tarvuz nimaligini bilmay o‘sadi. Bilasizmi, shunga qaramasdan tarvuz mazali va foydali ne’matligicha qoladi. Kim biladi, deysiz, ehtimol, yashirincha yeb, urug‘ini saqlab qo‘yishar.
Shukurjon Islomov

Manba: Sof.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 24
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 209
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 67
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 105
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 147
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 46
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 24
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 66
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 23
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 28
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 42
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 59
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 64
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 110
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 104
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 114
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 397
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 137
  • Bo‘limlar