“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 13:02
ЎЗO‘Z

Xorazm viloyatining 5 ta tumanida hokimlar almashdi

02 dek, 11:11 6 056 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xorazm viloyatining 5 ta tumanida hokimlar almashdi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 29-30 noyabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifidan so‘ng viloyatning 5 ta tumanida hokimlar almashgan. Bu haqda «Turon24» xabar berdi.

Xususan, 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Alisher Salayev Gurlan tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Bungacha Salayev Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Shu kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida O‘ktam Masharipov Yangibozor tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Ushbu tayinlovga qadar u Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘lgan.

Sobir Jumaniyazov Xiva shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Ushbu masala 1 dekabr kuni Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ko‘rilgan. U 2013 yildan «GM Uzbekistan» yopiq aksiyadorlik jamiyati Xorazm filiali boshqaruvchi direktori lavozimida ishlayotgan edi.

1 dekabr kuni o‘tgan Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Ravshan Jabborov ushbu tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. U 2014 yildan Xorazm viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi bo‘lib ishlayotgan edi.

Shuhrat Abdullayev Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Urganch shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Bungacha u Xorazm viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlayotgan edi.

30 noyabr kuni Xorazm viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimi etib tasdiqlangan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 60
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 65
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 88
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 138
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 55
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 0
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 0
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 60
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Bo‘limlar