“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 09:10
ЎЗO‘Z

«O‘zbekneftgaz»: «Gaz zapravka»larga limitdan tashqari yoqilg‘i yetkazib beriladi

29 noya, 21:41 3 336 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«O‘zbekneftgaz»: «Gaz zapravka»larga limitdan tashqari yoqilg‘i yetkazib beriladi Avtomobillarga metan gaz quyish shoxobchalari - AGTKSda gaz tanqis bo‘lishini oldini olish maqsadida, «O‘zbekneftgaz» noyabr oyi uchun qo‘shimcha 40 million kub.m gazni realizatsiya qilishi ma’lum qilindi. Bu haqda jamiyat boshqaruv raisining o‘rinbosari Odil Temirov Kun.uz'ga xabar bergan.

«Bu ajratilgan 40 million kub.m gaz faqat AGTKS uchun yetkazib beriladi. Bundan ko‘zlangan maqsad - AGTKS o‘tgan oyda sotgan gaz hajmidan 10 foiz ortig‘i bilan metan gazni ulgurji narxda qabul qilib oladi va tanqislik biroz pasayadi», - deydi u.

Ma’lum qilinishicha, limitdan ortiq olingan gaz sarfi uchun belgilangan koeffitsiyentga yetib bormay, hisob-kitobni amalga oshirishi uchun avvaldan o‘rnatilgan limitdan ko‘proq gaz yetkazib berilishi ta’minlanmoqda.

Bunga qadar, Moliya vazirligi xodimi ayni paytda ushbu masala yuzasidan amaldagi tartibga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilgandi. Bu o‘zgarish aynan limitdan ortiq olingan gaz sarfi uchun belgilangan koeffitsiyent miqdorida aks etishi, miqdorning pasaytirilishi mumkin.

Agar kutilgan o‘zgarish vazirlik xodimi ta’kidlaganidek, limitdan ortiq olingan gaz sarfi uchun belgilangan koeffitsiyent miqdori pasaytirilsa, o‘z-o‘zidan «gaz zapravka»larda narx tushishi lozim.

«O‘zbekneftgaz» esa o‘zgartish kiritilguncha, iste’mol bozorini yetarli gaz bilan ta’minlashga kirishgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 31
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 71
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 343
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 104
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 1
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 236
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Bo‘limlar