“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 07:08
ЎЗO‘Z

Yangi yildan ko‘chmas mulkni notarial tasdiqlatmasdan ijaraga berish mumkin

28 noya, 10:02 5 290 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yangi yildan ko‘chmas mulkni notarial tasdiqlatmasdan ijaraga berish mumkin 2019 yil 1 yanvardan ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash talabi bekor qilinib, davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish belgilandi.

Manbada aytilishicha, ko‘chmas mulkni ijaraga bermoqchi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlariga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar yoki noturar mulklarini ijaraga berishda ikki tomonlama ijara shartnomasi tuzishlari va shartnomani davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yishlari shart.

Ijara shartnomasini soliq organlarida hisobga qo‘yish ikki xil usulda:

– Davlat soliq qo‘mitasining my.soliq.uz saytidagi “Ijara shartnomalarini hisobga olish” interaktiv xizmatlari orqali;

– Jismoniy shaxsning doimiy yashash joyi yoki yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tgan joyidagi davlat soliq inspeksiyalariga belgilangan shakldagi so‘rovnomani taqdim etishi orqali amalga oshiriladi.

Ijara shartnomasini soliq organlarida hisobga qo‘yish uchun so‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

1. Ijara shartnomasi;

2. Jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs rahbarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat.

Shartnomani hisobga qo‘yish uchun soliq organlari tomonidan hech qanday haq olinmaydi.

Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibiga rioya etmaslik Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 159-1-moddasiga asosan eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Turon24 Davlat soliq qo‘mitasi mas’uli Muzaffar Nazarov bilan bog‘lanib, ijara shartnomasi mavjud bo‘lgan va uning muddati 2019 yil 1 yanvargacha tugamagan holatda qanday yo‘l tutish mumkinligi haqida so‘radi.

“Ko‘chmas mulk bo‘yicha ijara shartnoma muddati hali tugamagan shaxslar yangi tartibga ko‘ra, tuman soliq bo‘limiga borib, ro‘yxatdan o‘tishlari kerak”, – deb javob berdi qo‘mita xodimi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 61
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 323
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 101
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 106
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 84
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 1
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 1
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Bo‘limlar