“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 04:43
ЎЗO‘Z

Fransuz kompaniyalari Chorvoq ko‘li atrofini obodonlashtirish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqadi

27 noya, 00:20 3 577 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Fransuz kompaniyalari Chorvoq ko‘li atrofini obodonlashtirish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqadi Fransuz kompaniyalari konsorsiumi "Orex Loisirs", "Compagnie des Alpes", "Geode", "Egis", "Epode" va "Patriarch" "Bo‘stonliq" turistik zonasini obodonlashtirish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqadi. Mazkur loyiha joriy yilning 21 noyabr kuni Toshkent viloyati va konsorsium o‘rtasida imzolangan shartnoma doirasida amalga oshiriladi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati rahbari Oybek Musurmonqulov xabar berdi.

"Toshkent viloyatida alpinizm, snoubord, aeronavigatsiya, velosiped va motor sportini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Bundan tashqari, eko va qishloq xo‘jaligi turizmini rivojlantirish uchun ham imkoniyatlar bor. Bugungi kunda Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlarida 160 dan ziyod mehmonxona qurilmoqda”, deydi Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibrohimov.

Fransiya konsorsiumi kompaniyalari Chorvoq ko‘li atrofida qishki va yozgi kurort – dam olish zonalarini aniqlash va loyihalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullandi.

Bundan tashqari, Fransiya rivojlanish agentligi Chorvoq to‘g‘oni uchun birlashgan boshqaruv rejasini ham taklif qilgan. Mazkur reja turizm sohasida suvdan foydalanishni optimallashtirishga imkon beradi.

Shuningdek, Fransiyaning turizm sohasidagi mutaxassislari O‘zbekistonda shaharsozlikning turli modellarini taqdim etishlari va infratuzilmaning darajasini va narxini hisoblashlari mumkin. Bu haqda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

Oldin xabar berilganidek, 19-21 noyabr kunlari Toshkent shahrida turizm sohasida birinchi xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi. Unda xorijiy va mahalliy investorlar bilan qator bitimlar imzolangan.

"Orex Loisirs", "Compagnie des Alpes", "Geode", "Egis", "Epode" va "Patriarch" Nyu-York, London, Frankfurt, Shanxay va Dubayda o‘z savdo ofislari bo‘lgan yirik fransuz turizm kompaniyalari hisoblanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 37
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 199
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 269
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar