“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 15:24
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda kelgusi yilda 15 mingdan ortiq arzon uy-joylar quriladi

26 noya, 22:25 4 856 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda kelgusi yilda 15 mingdan ortiq arzon uy-joylar quriladi Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan qishloq joylarda uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish va muhtoj oilalarni arzon uy-joy bilan ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Qarorga muvofiq, 2019 yildan boshlab quyidagi yangi namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar quriladi:

“Obod qishloq” dasturiga kiritilgan, shuningdek muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan ta’minlanmagan hududlarda 0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida bir qavatli 3 xonali arzon uylar;

“Obod qishloq” dasturiga kiritilgan, shuningdek muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan ta’minlangan hududlarda to‘rt qavatli (2 va 3 xonali) arzon uylar;

shaharlarda Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari hamda ichki ishlar organlari xodimlari uchun besh qavatli (2 va 3 xonali) arzon uylar.

Qaror bilan 2019-2020 yillarda qishloq joylarda va fuqarolarning alohida toifalari uchun arzon uy-joylar qurilishi bo‘yicha, shuningdek arzon uy-joy massivlarida tashqi muhandislik tarmoqlari, inshootlari va transport kommunikatsiyalari qurilishi bo‘yicha yig‘ma ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.

Ushbu ko‘rsatkichlarga ko‘ra 2019 yilda jami 15 ming 10 ta arzon uy-joylar va kvartiralar qurilishi rejalashtirilgan. Ularning 11 ming 70 tasi uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalar uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, 2019 yilda fuqarolarning alohida toifalari (Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va ichki ishlar organlari xodimlari) uchun jami 2 ming 10 ta kvartiralar quriladi.

2019 yil 1 iyulgacha arzon uy-joylar qurilishi monitoringi bo‘yicha axborot tizimi ishlab chiqiladi.

Endilikda muhandislik-transport kommunikatsiyalariga ulanmagan, uzluksiz elektr va suv ta’minoti yo‘lga qo‘yilmagan arzon uy-joylar foydalanishga qabul qilinmaydi.

Tijorat banklari uy-joy quruvchilarga 2 yillik imtiyozli davr hamda 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida:

qishloq joylardagi arzon uy-joylarni sotib olish uchun – 20 yil muddatga va boshlang‘ich badali 10 foiz miqdorida;

fuqarolarning alohida toifalari tomonidan arzon ko‘p kvartirali uylarni sotib olish uchun – 15 yil muddatga va boshlang‘ich badali 25 foiz miqdorida ipoteka kreditlari taqdim etadi.

Bundan tashqari, qarorga muvofiq har yili Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilari, qutqaruvchilari va xodimlari uchun – 56 ta, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari uchun – 300 ta, ichki ishlar organlari xodimlari uchun – 168 ta, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar uchun – 420 ta, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar uchun – 66 ta kvartiralar ajratiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 66
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 169
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 62
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 135
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 128
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 222
  • So'nggi yangiliklar
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 0
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 1
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 0
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 5
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 6
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 6
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 42
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 66
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 156
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 65
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 169
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 83
  • Bo‘limlar