“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 04:02
ЎЗO‘Z

Yolg‘onning hukmi og‘ir

25 noya, 06:02 5 931 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yolg‘onning hukmi og‘ir Yolg‘on gapirish shariatimiz ko‘rsatmalariga ko‘ra har qanday holatda harom sanaladi. Chunki, yolg‘onning oqibati sog‘lom muhit va manzarani illatli holatga olib keladi. Har qanday yolg‘on u xoh katta yo kichik bo‘lmasin, ishonuvchi kishining qalbida yolg‘on fosh bo‘lganidan so‘ng, ketkazib bo‘lmaydigan dog‘ga aylanadi. Uning asorati kishiga nisbatan ishonchsizlikni, hatto eng yaqin kishilar o‘rtasidagi mehr-muhabbatni zavol bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun shariatimiz insonlar yashab turgan bu jamiyatni zavol topmasligi, kishilar bir-birlari bilan inoq-totuv yashashlari uchun yolg‘onning barcha turidan qaytardi. O‘zi nima uchun yolg‘on gapiriladi? Yoki, sizga «yolg‘on gapirganmisiz?», deb savol berilsa, nima deb javob berish mumkin?

«U biror so‘z aytmas, magar huzurida (farishta) hoziru nozir». ("Qof" surasi 18-oyat)

Aslida yolg‘on gapning o‘rnida rost so‘zlash bor. Ammo, rost gapirish, kishining nafsi-havosini qiynab qo‘yadigan paytda, uning o‘rniga yolg‘on ishlatiladi. Kishi nimadir narsani yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqib yoki nimadir narsaga yetishish uchun yolg‘on ishlatadi. Ana shu yo‘qolayotgan va qo‘lga kiritilayotgan narsa dunyo matohidan boshqa narsa emas. E’tibor beraylik, yolg‘on faqatgina dunyo narsasi ustidagina paydo bo‘lar ekan. U boylik, mansab, obro‘, sharaf shu kabi boshqalardan ko‘ra ustun bo‘ladigan jihatlar. U oxirat narsasi uchun ishlatilmaydi. Kishi nimadir narsani qo‘lga kiritish uchun yolg‘on gapiradi-da, ozgina vaqt o‘tgandan so‘ng, «to‘g‘risini aytsam ham bo‘lardi-ku», deb qo‘yadi. Bu holatda kishi o‘zini aldagan hisoblanadi.

Yolg‘onga faqat zaruratda ruxsat bor. Bu ruxsat shariat belgilagan o‘rinlarda zarurat va shunga hojat tushgandagina bajariladi. Bu yerda ma’lum bir ta’limotlarni bilishimiz kerak.

Yolg‘on katta gunohlar sirasiga kiradi. Bu amalni sodir qilgan kishi dinda qattiq qoralanadi. Do‘zaxga eltuvchi bu gunohni, Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam shunday bayon qiladilar: «Sidq, albatta, yaxshilikka, yaxshilik jannatga yetaklaydi. Kishi toki rost gapirar ekan, u Alloh huzurida «siddiq» degan nomga ega bo‘ladi. Yolg‘on, albatta, buzuqlikka, buzuqlik do‘zaxga eltadi. Kishi toki yolg‘on gapirar ekan, Alloh huzurida «kazzob» deb yozib qo‘yiladi» (Muttafaqun alayh).

Kishi hayotida yolg‘onni ishlatish bilan ko‘ngli tusagan barcha orzu-havaslariga yetishi mumkin, ammo, u Allohning nazdida «yolg‘onchi» degan nom bilan chaqiriladi. Shu nom bilan chaqirilgan kishining jazosi do‘zax bo‘lar ekan.
Dinimizdagi yolg‘onning hukmi og‘ir. Hatto, Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam yolg‘onni kufrga yaqin amal sifatida zikr qilganlar:

«Nabiy alayhissalomdan so‘rashdi:
— Mo‘min qo‘rqoq bo‘lishi mumkinmi?
— Ha, — dedilar.
— Baxil bo‘lishi mumkinmi?
— Ha, — dedilar.
— Yolg‘onchi bo‘lishi mumkinmi?
— Yo‘q, aslo! — dedilar.

Imom Molik rivoyati.

Demak, mo‘min kishi yolg‘on gapirganda imondan chiqish xavfi bor ekan. Yolg‘onni gunoh sanab, yolg‘on gapirsa qattiq gunohkor sanaladi, ammo uni halol desa, fuqaholar nazdida dindan chiqqan bo‘ladi.

Yolg‘onning ulkan gunoh ekani ma’lum. Ammo ba’zan hayotda rostdan ko‘ra yolg‘on ishlatish kishi uchun manfaatliroq bo‘ladi. Xo‘sh, bunday vaziyatda musulmon qanday yo‘l tutadi?

Har qanday vaziyatda musulmonning mezoni shariatdir. Qachonki, qilingan maqsadga rost gapirib ham, yolg‘on gapirib ham erishishning imkoni bo‘laturib, yolg‘on tanlansa, maqsadga erishishning bu yo‘li harom. Agar qilinmoqchi bo‘lgan ish vojib, ya’ni, bajarilishini shart amallardan bo‘lsa, bunday holatda bu ishni amalga oshirish uchun yolg‘on gapirish ham vojibdir. Masalan, begunoh bir musulmonning jonini zolimning zulmidan faqat yolg‘on bilangina omon saqlab qolish imkoni bo‘lsa, shunday holatda yolg‘on gapirish vojib bo‘ladi. Chunki, mazkur vaziyatda rost so‘z begunoh jonning o‘limiga, yolg‘on so‘z esa nohaq qon to‘kilishining oldini olishga sabab bo‘ladi.

Ummu Kulsum r.a. dan: Men Rasululloh sallollohu alayhi vasallamdan eshitdim: «Uchta o‘rinda yolg‘onga ruxsat berilgan, «Orani isloh qilish maqsadida aytilgan so‘z, jangda (dushmanga hiyla uchun) aytilgan so‘z, (murosa uchun) erning xotinga, xotinning erga aytgan so‘zi». Muslim rivoyati.

Gohida odamlar orasida ko‘ngilxushlik uchun, atrofdagilarning kayfiyatini ko‘tarish uchun yolg‘on gapiruvchilar ham uchrab turadi.

Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam aynan shu o‘rinda: «Odamlarni kuldirish uchun yolg‘on gapiradigan kishiga vayl bo‘lsin, unga vayl bo‘lsin, unga vayl bo‘lsin», dedilar. (Imom Ahmad. Abu Dovud, Termiziy, Dorimiy).

Demak, ushbu hadisdan ma’lum bo‘ladiki, hazil-mutoyiba o‘rinlarda ham yolg‘on gapirish gunoh, unga ruxsat yo‘q ekan. Hazil-mutoyibalarda haqiqatga dalolat qiladigan so‘zlar bo‘lsa, joiz sanaladi.

«Bir kampir Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:
«Yo Rasulalloh! Allohga duo qiling, meni jannatga kiritsin», — dedi.

«Ey Ummu Falon! Jannatga kampir kirmaydi», — dedilar. Shunda kampir yig‘lab qaytib ketdi. Bas, u zot: «Unga aytinglar, Jannatga qari holatda kirmaydi», — dedilar». Termiziy rivoyati.

Har qanday vaziyatda rost so‘zlagan kishining ishida xayr-baraka bo‘ladi, yuzi oftobdek issiq ko‘rinib, boshlagan ishi saodatga ergashtiradi.
Qobiljon ASLANOV
Sirdaryo viloyati «Abduxoliq G‘ijduvoniy»
jome masjidi imom-xatibi

Manba: O‘MI Sirdaryo viloyati vakilligi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 216
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 70
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 107
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 147
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 46
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 94
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 33
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 31
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 52
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 76
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 73
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 123
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 123
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 120
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 432
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 145
  • Bo‘limlar