“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 05:14
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston OTMlarini xalqaro reytingga kiritish bo‘yicha reyting agentliklari bilan hamkorlik kuchaytiriladi

24 noya, 10:40 4 075 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston OTMlarini xalqaro reytingga kiritish bo‘yicha reyting agentliklari bilan hamkorlik kuchaytiriladi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan “Ilm-fan – 2020” hamkorlik dasturi doirasida shu yilning 22 noyabr kuni QS (Quacquarelli symonds) kompaniyasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Zoya Zayseva va Times Higher Education agentligining Rossiya va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Yegor Yablokov boshchiligidagi delegatsiyaning yurtimizga tashrifi tashkil etildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda QS va Times Higher Education kabi dunyoning yetakchi universitetlar reyting agentliklari bilan o‘zaro hamkorlik masalalari, xususan, mahalliy oliy ta’lim muassasalarining xalqaro miqyosida mavqeini oshirish, yurtimiz olimlarining ilmiy salohiyatini dunyo miqyosida e’tirof etilishini ta’minlash kabi masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov kuchli universitetlar reytingiga kirish xalqaro ta’lim bozorida raqobatbardoshlikni oshirish uchun imkoniyat ekanini ta’kidlar ekan, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining QS va Times Higher Education kabi yetakchi reyting agentliklari tomonidan tuziladigan dunyoning kuchli universitetlari qatoriga kirmaguncha sa’y-harakatlar bir zumga bo‘lsa-da to‘xtatilmacligini qayd etdi.

Uchrashuvda yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarini xalqaro reytingga kiritish strategiyasidagi muhim jihatlar muhokama qilinib, bu boradagi xalqaro reyting agentliklari metodologiyasi ko‘rib chiqildi. Jumladan, mahalliy olimlarning xalqaro ilmiy jurnallarda ishtirokini oshirish va Scopus ma’lumotlar bazasida ulardan iqtibos keltirishlarni ko‘paytirishga e’tibor qaratish kerakligi, chunki bu reytingni shakllantiruvchi asosiy ilmiy ma’lumotlar ekani qayd etildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 46
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 62
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 124
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 330
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar