“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 16:56
ЎЗO‘Z

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi muhokamaga qo‘yildi

21 noya, 22:21 4 486 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi muhokamaga qo‘yildi Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi to‘liqligicha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.

Qayd etilishicha, soliq qonunchiligi majburiylik, aniqlik, soliq solishning adolatliligi, soliq tizimining birligi, soliq tizimining yagonaligi, soliq qonunchiligining oshkoraligi va soliq to‘lovchi to‘g‘riligining prezumpsiyasi prinsiplariga asoslangan.

Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qoidalari ushbu Kodeksda belgilangan prinsiplarga zid bo‘lmasligi kerak.

Belgilanishicha, har bir shaxs ushbu Kodeksda belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashga majburdir.

Hech kimga ushbu Kodeksda nazarda tutilmagan yoxud uning me’yorlarini buzgan holda o‘rnatilgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati qo‘yilmaydi.

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar aniq bo‘lishi kerak. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari shunday shakllantirilishi kerakki, bunda har bir soliq to‘lovchi qanday soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni, qachon, qancha miqdorda va qanday tartibda to‘lashi lozimligini aniq bilishi kerak.

Agar ushbu Kodeksda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘rnatishda soliq to‘lovchilar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar elementlarini aniqlash kerak.

Soliq solish umumiydir.

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlarni o‘rnatish ijtimoiy adolat tamoyillariga muvofiq bo‘lishi kerak.

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berishning alohida turlariga ruxsat berilmaydi.

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kamsituvchi xarakterga ega bo‘lmasligi hamda ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy va shunga o‘xshash boshqa mezonlarga muvofiq qo‘llanilishi mumkin emas.

Soliq tizimi barcha soliq to‘lovchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi hududida bir xildir.

O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yoki moliyaviy vositalar erkin harakatlanishini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklaydigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida Kodeksda nazarda tutilgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar mavjud.

Soliqlar quyidagilardan iborat:

1) yuridik shaxs daromadiga soliq;

2) jismoniy shaxs daromadiga soliq;

3) qo‘shilgan qiymat solig‘i;

4) aksiz solig‘i;

5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;

6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

7) mol-mulk solig‘i;

8) yer solig‘i.

Boshqa majburiy to‘lovlarga quyidagilar kiradi:

1) davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar:

yagona ijtimoiy to‘lov;

Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar;

2) davlat boji;

3) bojxona to‘lovlari;

4) ayrim turdagi tovarlar bo‘yicha chakana savdo qilish huquqiga va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatishga yig‘imlar.

Kodeks bilan belgilangan hollar va tartibda, soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to‘lanuvchi quyidagi soliqlar qo‘llanilishi mumkin:

daromad solig‘i;

yagona yer solig‘i;

tadbirkorlik faoliyatining muayyan turlariga qat’iy belgilangan soliq.

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning elementlari:

soliq solish ob’ekti;

soliqqa tortiladigan baza;

stavka;

hisoblash tartibi;

soliq davri;

soliq hisobotini taqdim etish tartibi;

to‘lov tartibi.

Soliq solish ob’ektiga soliq to‘lovchilarda yig‘im yoki soliq yoxud boshqa majburiy to‘lovni hisoblab chiqarish majburiyati paydo bo‘lishiga olib keluvchi mol-mulk, harakatlar, harakatlarning natijasi sanaladi.

Soliq solinadigan baza soliq yoki boshqa majburiy to‘lov stavkasi belgilanadigan soliq solish ob’ektining qiymati, miqdori, fizik yoki boshqa tavsifiga ega.

Soliq to‘lovchilar quyidagi huquqlarga ega:

davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlardan amaldagi soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartishlar to‘g‘risida ma’lumot olish;

davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlarda o‘z soliq majburiyatlarini bajarish bo‘yicha mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni olish;

soliq masalalari bo‘yicha o‘z manfaatlarini shaxsan yoki o‘z vakili orqali ifodalash;

Kodeks, boshqa qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarorlari bilan belgilangan asoslar va tartibda soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlardan foydalanish;

ortiqcha to‘langan yoki yig‘ilgan soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar, penyalar va jarimalarni qaytarishga;

soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashni Kodeks va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda hamda muddatlarda kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash;

soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish va to‘lash, soliqqa solinuvchi ob’ektni hisobga olishda ular tomonidan qilingan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish;

materiallar bilan tanishish va soliq tekshiruvi hujjatlarini olish;

soliq tekshiruvini amalga oshiruvchi davlat soliq xizmati organlariga soliq qonunchiligini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berish;

Kodeks va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga mos kelmaydigan, davlat soliq xizmati organlari, boshqa vakolatli organlar va ular mansabdor shaxslarining harakatlari va talablariga rioya etmaslik;

davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlarning qarorlari, ularning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;

davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlarning noqonuniy qarorlari yoki ularning mansabdor shaxslari noqonuniy xatti-harakatlari natijasida yetkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplashni talab qilish.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 53
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 144
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 265
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 41
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 116
  • Bo‘limlar