“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 16:47
ЎЗO‘Z

“Iddaoga qarasang, ayol har narsadir, amalda esa, o‘yinchoqlarning eng tubanidir”

21 noya, 20:38 4 555 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Iddaoga qarasang, ayol har narsadir, amalda esa, o‘yinchoqlarning eng tubanidir” “...Uzoq yillar shu qanoatda bo‘lib keldim. Ammo bu qanoatim ichida bir xayol ham bor edi: “Ajabo, haqiqatan ham bularning bariga erkaklar sababchimikan?“ O‘tgan kunlarda buyuk bir olimning kitobidan o‘qiganim ushbu satrlar qanoatimni yanada quvvatlantirdi: “Erkaklarning xotinlashishi ayollarning erkaklashishi natijasini berdi”, deydi olim.

Shular haqida bosh qotirib yurgan kunlarim bir oyati karima ma’nosining tarjimasiga duch keldim. Niso surasining 117-oyati (tarjimasi)da bunday deyiladi: “Ular Undan boshqa faqat ayol sanamlarga ibodat qilurlar va faqat bebosh shaytonga ibodat qilurlar”. Oyatning tafsirida Allohga sherik keltirgan bir kimsaning ruhida eng buyuk g‘oya bo‘lib “ayol” joy olgani ko‘rsatilibdi va bunday deyilibdi: “Ba’zi erkaklar ayollarga qiymatidan ham baland bir maqom beradilar. Natijada insonning dunyoga kelish g‘oyasini “Allohga ibodat qilish“ emas, balki (Alloh saqlasin) “ayolga sig‘inish” deb gumon qiladilar“. Bunga arab mushriklari sanamlariga ayol ismlarini qo‘yganlarini ochiq dalil desa bo‘ladi.

Va yana, yunon va shunga o‘xshash bir qancha butparast xalqlarning but-sanamlari ayol ekani ma’lumdir. Bu holat ayolga haqiqatan ham qiymat berganlaridan emas, aksincha, masalaning ichida Alloh huzuridan qochish, Unga ibodat qilishdan yuz o‘girish yotibdi. Agar bunday bo‘lmaganida edi, ayollardan butlar yasab, ularga sig‘ingan o‘sha qavmlar ayni zamonda ayol zotiga eng buyuk zulmlarni qilmagan bo‘lardilar.

Tafsirlardan birida yozilgan “Iddaoga qarasang, ayol har narsadir, amalda esa, o‘yinchoqlarning eng tubanidir”, degan jumlalar ularning ayolga asl munosabatlarini qanday go‘zal ifoda etibdi! Ayolning asl maqomidan (darajasidan) tushirib, unga sig‘inadigan darajada bog‘langan insonlar aslida shaytonning nayrangiga uchayotganlarini va bu hollari bilan shaytonga sig‘inayotganlarini oyati karima juda to‘g‘ri ifodalab qo‘ygan.

Oradan qancha yillar, qancha asrlar o‘tgan bo‘lishiga qaramay, shayton yana o‘sha shaytondir, nafs yana o‘sha nafsdir. Hamma zamonlarda bo‘lganidek, bugun ham nafsiga asir va shaytonga o‘yinchoq ko‘pchilik erkaklar eng qulay g‘aflat vositasi qilib yana ayolni tanlashgan...“
Alouddin Basharning “Sevgi nima?“ kitobidan
Davron Qobil tarjimasi

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 0
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 24
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 42
  • So'nggi yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 23
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 59
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 73
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 70
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 80
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 41
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 286
  • Bo‘limlar