“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 04:07
ЎЗO‘Z

Avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida narx oshirilmoqda

20 noya, 10:55 6 244 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida narx oshirilmoqda Avtomobillarga quyiladigan metan gaz narxi ayrim hududlarda sezilarli ravishda qimmatladi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyatida metan gazning 1 kub.m uchun​ 2200 so‘mgacha narx belgilangan, Samarqand viloyatida esa narx 2000 so‘mgacha etib ko‘rsatilmoqda. Hozirgi kunda avtomobil gaz to‘ldirish kompressor stansiyalariga sotiladigan tabiiy gaz tarifi quyidagilardan tashkil topadi:

«O‘ztransgaz» AJ realizatsiya qiladigan tabiiy gazning ulgurji-sotish narxi - 1 kub.m uchun 289,74 so‘m;

tabiiy gazning ulgurji-sotish narxiga qo‘shiladigan maxsus investitsiya ustama haqi - 1 kub.m uchun 500 so‘m. Shunday qilib, ayni vaqtda yuqorida keltirib o‘tilgan tabiiy gaz tarifi 1 kub.m uchun 789,74 so‘mni tashkil qiladi.

Moliya vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, 16 noyabridan boshlab avtomobil gaz to‘ldirish kompressor stansiyalariga tabiiy gaz tarifi 1 kub.m uchun 800 so‘m (QQS bilan) miqdorida o‘rnatildi. Shunday qilib, stansiyalarda tabiiy gaz tarifi o‘sishi 1 kub.m uchun 10,26 so‘mni tashkil qildi. Shu bilan birga, o‘rnatilgan benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq stavkasi o‘zgarmadi va avvalgi darajada saqlanib qolindi.

«Yuqoridagilardan kelib chiqib, tabiiy gaz tarifining sezilarsiz o‘sishini, hamda o‘rnatilgan benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq stavkasi o‘zgarmasligini inobatga olib, Moliya vazirligi tomonidan avtomobil gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari tomonidan realizatsiya qilinadigan tabiiy gazning ulgurji narxi oshishi kutilmayapti»​, - deyiladi vazirlik axborotida.

Eslatib o‘tamiz, yoqilg‘i siyosatidagi narxi o‘zgarishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi 897-sonli «Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 216
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 70
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 107
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 147
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 46
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 94
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 33
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 31
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 52
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 76
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 73
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 123
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 123
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 120
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 432
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 145
  • Bo‘limlar