“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 08:33
ЎЗO‘Z

Toshkent davlat pedagogika universitetida yangi fakultet tashkil etiladi

16 noya, 10:27 7 973 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent davlat pedagogika universitetida yangi fakultet tashkil etiladi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tarkibida O‘zbek-Belarus qo‘shma “Innovatsion pedagogika” fakultetini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tarkibida Belarus davlatining Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikdagi O‘zbek-Belarus qo‘shma “Innovatsion pedagogika” fakultetini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanishi mumkin.

Quyidagilar fakultet faoliyatining asosiy vazifalari etib belgilanadi:

uzluksiz ta’lim tizimi muassasalari uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni milliy va xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash;

pedagogik ta’lim sohasini rivojlantirishning ilmiy-metodik vazifalarini hal etish, ilg‘or xorijiy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni olib borish va iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish;

yurtimizning pedagogika fani bo‘yicha qadimdan rivojlanib kelgan yutuqlari, xorijiy mamlakatlar ta’lim muassasalarining tajribasi va respublika ta’lim muassasalarining talab-ehtiyojlarini hisobga olgan holda tegishli ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish;

o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ta’lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida pedagogika sohasidagi respublika va xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlariga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali fakultetning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish.

Belgilab qo‘yilishicha:

fakultet kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda ta’limning asosiy yo‘nalish (mutaxassislik)lari bo‘yicha bakalavr va magistrlar, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradigan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi;

fakultetda talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida rus tilida, kunduzgi ta’lim shaklida O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari talablari inobatga olingan holda Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universitetida qabul qilingan ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiriladi;

fakultetga abituriyentlarni talabalikka qabul qilish va fakultet bitiruvchilarining attestatsiyasi Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universitetida belgilangan tartib, talablar va muddatlarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;

fakultetda bakalavr ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotasi mavjud talab va ehtiyojdan kelib chiqib, Universitet va Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi;

fakultetda o‘qish uchun to‘lov-kontrakt summasi bazaviy to‘lov-kontrakt summasidan kam bo‘lmagan miqdorda Universitet va Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi;

fakultet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi hamda Belarusda oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan, o‘zaro kelishuv asosida belgilangan namunadagi ikki tomonlama tan olinadigan Universitet va Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti diplomlari beriladi.

fakultet faoliyatini moliyalashtirish Universitetga talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, tegishli shartnomalar asosida manfaatdor tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan grantlar, shuningdek, qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 8
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 79
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 242
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 74
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 109
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 153
  • So'nggi yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 8
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 20
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 79
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 221
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 95
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 54
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 114
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 168
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 149
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 224
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 195
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 152
  • Bo‘limlar