“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 08:58
ЎЗO‘Z

“Yo‘taldori”mi yo “ko‘knori”? — navbatdagi qalloblik fosh etildi

16 noya, 12:30 4 321 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Yo‘taldori”mi yo “ko‘knori”? — navbatdagi qalloblik fosh etildi Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan mamlakatimizga noqonuniy yo‘l bilan tovar-moddiy boyliklarni, shuningdek, kontrabanda predmetlarini olib o‘tishga bo‘lgan urinishlar bartaraf etilmoqda.

Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatining KUN.UZʼga bergan xabariga ko‘ra, Surxondaryo viloyat bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona posti tomonidan aniqlangan qonun buzilishi holati ham shular jumlasidandir.

Bojxona postining “kirish” piyodalar zaliga kirib kelgan Z.M. ismli shaxs bojxona nazoratidan o‘tish vaqtida unga tegishli qo‘l sumkasi ichidagi 2 dona “Sough” brend nomi tushirilgan qutilar bojxona xodimlarini e’tiborini tortgan. Og‘zaki so‘rov jarayonida fuqaro Z.M. ushbu qutilarni o‘zi uchun olgani, ularning ichida yo‘talga qarshi damlama borligini ma’lum qilgan. Biroq, bojxona xodimlari ushbu qutilarni ochib ko‘rganda ayrim giyohlar bilan aralashtirilgan og‘irligi 86,72 grammni tashkil etuvchi “ko‘knori” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, yurtimizga kirib kelishi mumkin bo‘lgan zahri qotilni yo‘li to‘silgan.

Fuqaro Z.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yana bir holatda esa, mazkur chegara bojxona posti orqali mamlakatimizga kirib kelgan 3503-sonli yuk poyezdi tarkibidagi vagon konstruksiyasining xufiya joyiga ustomonlik bilan yashirib olib kirilayotgan 48,4 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 194
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 53
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 67
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 63
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 1
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 52
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar